Breaking News

AQShda inauguratsiya qanday kun? Tarixga nazar


Prezident inauguratsiyasi – ikki asrlik an’ana
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:49 0:00

AQShda inauguratsiya, ya’ni qasamyod marosimi tarixiy an’ana bo’lib, siyosiy o’zgarishlarning tinch yo’l bilan ro’y berishi ramziga aylangan. Biroq bu yili Donald Tramp saylov mag’lubiyatini tan olmagani sababli bu an’analarga biroz darz ketdi.

Inauguratsiya kuni bu – amerikaliklar uchun o’z-o’zini boshqarish tizimini nishonlaydigan kun. Yangi rahbar xalq irodasi va roziligi bilan mamlakatni boshqarish vakolatini qo’lga kiritadi.

“Bugungi umidlarni tarixning eng yorqin sahifasiga aylantiraylik”, - degan edi Bill Klinton o’z nutqida.

Yangi prezident muhlatini keyingi to’rt yildagi yo’nalishni belgilab beradigan murojaat bilan boshlaydi.

“Eng qo’rqinchli narsa bu qo’rquvning o’zidir”, - degan Franklin Ruzvelt.

“Vatan siz uchun nima qilganini emas, siz vatan uchun nima qila oshingizni so’rang”, - degan Jon Kennedi o’z murojaatida.

“Inauguratsiya yangi sahifa ochilayotganini anglatadi. Saylangan rahbar ilk marotaba xalqqa o’zini prezident sifatida tanishtiradi. Undan keyin bunday imkoniyat bo’lmaydi. Shuning uchun bu tarixdagi muhim lahzalar”, - deydi siyosatshunos Kolin Shogan.

“Hukumat muammoning yechimi emas, hukumatning o’zi muammo”, - degan edi Ronald Regan.

Reganning hukumatni cheklashga da’vati bo’lsin, Amerikaning birinchi qora tanli prezidentining qasamyod marosimi bo’lsin, inauguratsiyalar tarix sahifalarida muhrlanadi.

“Ular milliy xotirada abadiy yashaydi, chunki bu marosimlar mamlakat qay tarixiy pallada ekanini, xalq kayfiyatini ko’rsatib beradi”, - deydi tarixchi Mett Dallek.

Qasamyod marosimi – siyosiy tantana. 1809-yilda Jeyms Medison Amerikada tayyorlangan liboslarda xalqqa murojaat qilgan.

1953-yilda esa yangi rahbar sharafiga uyutirilgan paradda AQShning harbiy qudrati namoyish etilgan.

“1865-yilda Avram Linkol ikkinchi inauguratsiyasiga birinchi marta afro-amerikaliklarni taklif etgan. 1917-yilda Vudro Vilsonning qasamyod marosimida ilk bor ayollar ham qatnashgan”, - deydi Shogan.

Vilyam Genri Garrisonning 1841-yilgi inauguratsiyasi fojiali tugagan. 68 yoshida u o’sha paytdagi eng keksa prezident edi. Sovuq havoga qaramasdan, Garrison bir soatdan oshiq nutq so’zlagan.

“U kuchga to’la ekanini, prezidentlik vazifasini bajara olishini ko’rsatmoqchi bo’lgan”, - deydi suhbatdosh.

Garrison o’sha kechasi kasal bo’lib, bir oydan so’ng vafot etgan. AQSh tarixida eng qisqa muddat xizmat qilgan prezident.

Prezident inauguratsiyasi bugungi kunda dabdali tomoshaga aylangan. Televideniye paydo bo’lishi bunga hissa qo’shdi, ammo lavozim buyuk mas’uliyat bilan kelishining ham roli bor, deydi Dallek.

“Vaqt o’tishi bilan prezidentning vazifalari qiyinlashib bordi. Natijada inauguratsiyalar konsert va paradlarni o’z ichiga olgan bayramdek o’tadi”, - deydi tarixchi. Unga ko’ra, inauguratsiya Amerika demokratiyasi tantanasi hamdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG