Breaking News

Hindiston aviabazasiga hujumda ikki askar o'lgan


Hindistonning Pokiston bilan chegara yaqinida joylashgan harbiy havo bazasi hujumga uchrab, ikki askar halok bo'lgan.

Otishma butun kun davom etgani, jangarilardan to'rt nafari o'ldirilgani xabar qilinmoqda. Ular Pokistonda joylashgan Jaysh-e Muhammad guruhi a'zolari ekani taxmin qilinadi.

Hindiston Ichki ishlar vaziri Rajnat Singx Pokiston va boshqa qo'shnilar bilan do'stona aloqada bo'lishni istaymiz, deya bayonot berdi. Ammo, deydi u, Hindiston jangari hujumlariga munosib javob beradi.

Aviabazaga hujum ikki davlat munosabatlari iliqlashayotgan bir paytda ro'y berdi. O'tgan hafta Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Pokistonda Bosh vazir Navoz Sharif bilan uchrashgan edi.

Harbiy forma kiygan jangarilar bazaga ertalab soat uchda kirishga muvaffaq bo'lgan. Bir necha soatlik otishmadan so'ng Hindiston qurolli kuchlari istehkom jangarilardan tozalanganini e'lon qildi.

Yadro quroliga ega ikki davlat Kashmir mintaqasi ustida 70 yildan beri tortishadi va bu masala muzokaralar to'xtab qolishiga ko'p marta sabab bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG