Breaking News

Hind diplomati Amerikani tark etdi


Hindiston diplomati, qalloblik gumoni bilan qisqa vaqt hibsda saqlangan Devyani Kxobragade AQShni tark etdi. Bu orada, hind hukumati amerikalik diplomatni Dehlidan haydamoqchi.

Kxobragade Nyu-Yorkda bosh konsul muovini bo'lib ishlar edi. Amerika rasmiylarining aytishicha, u xizmatkori uchun vizaga hujjat topshirish paytida bu xodimiga qancha haq to'lagani haqida yolg'on gapirgan. Shu ayblov bilan qamoqqa olingan.

Hibsda chog'ida uni jinoyatchilar va giyohvandlar bilan bir kamerada saqlashgani, behurmat qilishgani, kiyim-boshini yechib tintuv qilishgani aytiladi.

Dehli norozi bo'lib endi Hindistonda ishlayotgan amerikalik diplomatlarni ushlashga tushdi.

Kxobragade diplomatik immunitetidan foydalanib, mamlakatni tark etdi. Davlat departamenti ayblov hamon kuchga qolayotganini, u AQShga qaytsa, tergov qilinishini bildirmoqda.

Shuningdek, Hindiston hukumati AQSh diplomatlarini ayrim diplomatik imtiyozlardan ayirmoqchi. Bundan tashqari, Dehlidagi elchixonaga kirishga haqli odamlar soni cheklab qo'yildi.

Diplomat bo'lmagan shaxslar binoda bar, restoran, sport-zal, bouling markazi, basseyn va boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin emas, deydi Hindiston rasmiylari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG