Breaking News

Respublikachilardan poygada faqat Donald Tramp qoldi


Donald Tramp endi prezidentlik uchun kurashayotgan yagona respublikachi
Donald Tramp endi prezidentlik uchun kurashayotgan yagona respublikachi

Seshanba kuni Indiana shtatida o'tgan partiyaviy saylovlarda respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Tramp, demokratlardan esa Berni Sanders g'alaba qozondi.

Shu kuni Tramp yana bir g'alabaga erishdi. Partiyadan yagona nomzod bo'lish uchun o'tayotgan poygani uning asosiy raqibi senator Ted Kruz tark etdi. Chorshanba kuni esa Ogayo shtati gubernatori Jon Keysik ham poygani tark etdi.

“Qanchalik harakat qilmaylik, saylovchilar boshqa yo’lni tanladi. Kampaniyani tugatishga majburmiz”, - deydi Kruz.

"Xudo menga o'zi to'g'ri yo'l ko'rsatadi",- deydi Keysik.

Har ikkisi oxirgi haftalarda Trampga qarshi qattiq kampaniya olib bordi lekin ovoz yig'ishda keskin so'zli milliarder raqibga teng kelolmadi.

Demokratik nomzodlardan esa senator Berni Sanders Indianadagi saylovda g’alabani qo’lga kiritib, Hillari Klintonga taslim bo'lmasligini aytmoqda. Biroq partiyaviy saylovlarda sobiq davlat kotibiga bas kelish qiyin.

Tramp nazarida Klinton uning yagona raqibi va Oq uyni egallash uchun uni yengish kerak xolos. Klinton ham bu kurashga shay ekanini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG