Breaking News

Markaziy Osiyo: Adolat izlab bugun kimga borasiz?


Bugun Markaziy Osiyoda adolat izlab yurganlar millionlarni tashkil etadi. Qay respublikaga qaramang, xalq adliya va huquq-tartibot tizimidan dod deydi. Korrupsiya chuqur ildiz otgan tuzumlarda aynan bu sohalar eng chuqur balchiqqa botgan. Porasiz biror ishni bitirish qiyin. Mintaqada azaldan mahalliy adolat tizimi mavjud. Qozilardan tortib, mahalla oqsoqollari, oilaviy va xotin-qizlar masalalari bilan shug’ullanadigan qo’mitalar. Shuningdek, turmush bilan bog’liq muammolarni yechishda keksa yoshli qarindoshlar maslahatiga suyanishadi.

Markaziy Osiyoda adolat izlab... Informal justice in Central Asia
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:00 0:00
Yuklab oling

Tasavvur qiling, eridan kaltak yegan ayol kimga madad izlab boradi? Yaqinlaridan bu turmush, bolalaringni o’yla, eringning aqli kirib qolar degan gap eshitadi. Qaynona-qaynota uning dardini eshitmaydi, eshitsa ham er bo’lganidan keyin uradi-da deya eslatib qo’yiladi. Uydagi gap ko’chaga chiqmasligi kerak. Ona jismonan-ruhan ezilib yashayveradi, bolalar ham shunga yarasha azobda.

Oilaviy zo’ravonlik XXI asrga kelib ham Tojikistondek jamiyatlarda jinoyat emas. Qonun bunday jabrni tan olmaydi. Nodavlat tashkilotlar taxminicha har yili bu jamiyatda yuzlab ayollar o’ziga o’t qo’yadi. Zulmdan, hayotdan to’ygan insonlar eng yaqin kishilaridan ham umidini uzgan.

Azita Ranjbar, amerikalik yosh olima, Tojikiston va Qirg’izistonda uzoq vaqt bo’lib, mahalliy adolat tizimlari va jamoatchilik fikrini o’rgandi. U olib borgan loyihaga Yevrosiyo Jamg'armasi (Eurasia Foundation) homiylik qilgan.

Markaziy Osiyo, adolatni izlab qayga borasiz? Navbahor Imamova lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:00 0:00
Yuklab oling


Azita Ranjbar (chapdan), amerikalik olima, Tojikiston va Qirg'izistondagi vaziyatni yaqindan o'rgangan
Azita Ranjbar (chapdan), amerikalik olima, Tojikiston va Qirg'izistondagi vaziyatni yaqindan o'rgangan
Davlat fuqaroning eng oddiy talabi, adolatni ta’minlay olmagani sabab ham bu jamiyatlarda diniy yetakchilar, mahalla raislari va faollar muhim rol o’ynaydi, deydi u. Ajralish, er yoki xotinning mas’uliyatsizligi, mulk talashish, o’g’rilik singari hollarni hal etishda odamlar avvalo shu kishilarga murojaat qiladi.

Albatta, bu yetakchilar har doim ham zarur bilim va malakaga ega emas. Ko’p hollarda ular hukumatning “quloqlari”. Lekin noiloj fuqarolar uchun ulardan ma’qulroq odamlar yo’q. Qishloqqa tanish, sharoitdan boxabar, hurmat-izzatli insonlar. Ayniqsa, imom va otinlarga ishonch yuqori, deya kuzatadi Azita Ranjbar.

Ko’p-xotinlik hozir mintaqada, ayniqsa Tojikistonda keng tarqalgan holat, deydi u. Qonun emas, mulla oldida nikohga kirgan ayol, huquqi buzilsa, kimga boradi? Eri tashlab ketsa, bolalarini kim boqadi? Kimdan moliyaviy yordam oladi?

Avvalo mahalliy yetakchilardan ko’mak so’raydi. Kattalar uning erini taniydi. Uni vijdonli va iymonli bo’lishga chaqiradigan, qolaversa qo’rqitib, do’q qilib qo’yadigan odamlar shular.

Qirg’izistondagi vaziyatni ham yaqindan kuzatgan va bu borada ilmiy-tahliliy maqolalar yozgan olima oqsoqollar va qishloq boshqaruvlari rolini yuqori baholaydi. Lekin, deydi u, hozir bu respublikada odamlar qonunga ko’proq tayana boshlagan. Tanish-bilishlarni ishga solib, murosa qilish yo’lini izlaydi, juda bo’lmasa, talabini qo’rqitish orqali qondirishga urinadi. Ularga xizmat ko’rsatishga usta advokatlar ham ko’p ekan, deydi Azita Ranjbar.

Bu masalani nega o’zimiz emas, chet ellik ekspertlar ko’tarmoqda deb hayron bo’lishingiz mumkin. Gap shundaki, mahalliy sharoit haqida mushohada yuritib, chuqur ildiz otgan salbiy holatlarni savolga tuta oladigan va bu haqda gapira oladigan mutaxassislar juda kam. Jabrlanuvchilar ham odatda o’z dardini kamera va mikrofon oldida gapirishga jur’at etmaydi.

Adliya tizimi ishlamasa-da, deydi olimlar, an'ana va keksalar hamda mahalliy yetakchilar adolatni ta'minlashga harakat qiladi, jamiyatni ushlab turadi
Adliya tizimi ishlamasa-da, deydi olimlar, an'ana va keksalar hamda mahalliy yetakchilar adolatni ta'minlashga harakat qiladi, jamiyatni ushlab turadi
Markaziy Osiyoda din va madaniyat masalalarini o’rgangan olim Erik Makglinchi mentalitet va ta’lim sifati muhim omillar ekanini eslatadi. Zamon o’zgarar ekan, odamlarning davlat, mahalla, oila va o’zidan ham talabi o’zgarib boradi, deydi u.

Shuningdek, deya tahlil qiladi olim, adliya tizimi ishlamasa-da, azaliy an'ana-yu keksalarga hurmat va mahalliy yetakchilar adolatni ta'minlashga harakat qiladi, jamiyatni ushlab turadi.

Avvalo, hukumatlar muammolarni ochiq tan olib, adliya tizimida konkret islohotlar qilishi kerak, deydi u. Har bir respublika hozir bu yo’ldan ketayotganini da’vo qiladi.

Tashqi dunyo, deydi Erik Makglinchi, ayniqsa Jahon Banki, BMT, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi singari organlar, moliyaviy yordam ajratayotganida bu soha rivojiga ko’proq e’tibor qaratishi zarur. Nodavlat tashkilotlar, shuningdek, mahalliy sharoitda adolat ta’minlash bilan mashg’ul yetakchilar, imom va otinlar, qozi va boshqalar bilan ishlash kerak.

Azita Ranjbar esa ta’lim saviyasini bu muammolar bilan bog’lamaydi. Oliy ma’lumotli odamlar ham adolatni suddan emas, mahalliy qozilardan izlayotganini ko’rasiz, deydi u. Davlatga ishonch yo’q.

Olima nazarida jamoatchilik yuqorida tilga olingan masalalarni ochiq muhokama qilishni o’rganishi lozim. Mahalliy odamlardan ham astalik bilan harakat qilish kerak degan gaplarni eshitasiz.

Yetakchilarning o’zlari esa hamma “adolatparvarlar” ni ham bir qolipda ko’rmang deydi. Vijdonli, ko’pni ko’rgan oqsoqol va onaxonlar ko’p, ammo ular ham korrupsiyadan xoli emas.

O’zbekistonlik bir faol bizga aytganidek: Hozir adolat bu pul. Kim boy bo’lsa, adolat, rasmiymi yoki norasmiy, o’sha odam tomonda. Tekinga hech kim yordam bermaydi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG