Breaking News

AQShda respublikachilarning partiyaviy saylovlari boshlandi


Dushanba kuni AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka asosiy nomzodni aniqlash uchun partiyaviy saylovga start berildi. An’anaga ko’ra, 1972-yildan beri poygani Ayova shtati boshlab beradi.

Xalqaro hayot - 15-yanvar, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:02 0:00

Izg’irin qish kuni saylovchilar faolligiga ta’sir qilishi mumkin. Shtat poytaxti De Moyn shahrida harorat -22 darajani ko’rsatmoqda.

Ba’zilar hatto ovoz berishni boshqa kunga qoldirishni taklif qilgan.

“Mashinada yurish oson bo’lmaydi. Menimcha tadbirni bekor qilish kerak, axir yo’llar sirpanchiq, qor ko’p, odamlar hayotini xavf ostiga qo’ygan bo’lamiz”, - deydi Ayova universitetidan Tim Xeygl.

Respublikachilardan prezidentlikka asosiy da’vogar, sobiq prezident Donald Tramp shtatdagi aksariyat namoyishlarini bekor qildi. Ijtimoiy so’rovlarda Tramp 48 foiz bilan ancha oldinda.

Janubiy Karolina sobiq gubernatori va BMTdagi sobiq elchi Nikki Xeylida 20 foiz, Florida gubernatori Ron Desantisda 16, tadbirkor Vivek Ramasvamida 8 foiz.

Tramp tarafdorlarini sovuq ob-havodan qo’rqmaslikka chaqirdi.

“Chiqib ovoz bering. Uyda o’tirmang. Qattiq kasal bo’lsangiz ham saylovga chiqib keling. Avval ovoz berib, keyin olamdan o’tsangiz ham, ishoning, muhim ishga qo’l urgan bo’lasiz”, - dedi Tramp.

Bugungi ovoz berish natijasi oqshomda e’lon qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG