Breaking News

Vashington choyxonasi: AQShdagi o'zbek restoraniga sayohat


Merilend shtatining Geytersberg shahridagi "Ipak yo'li" choyxonasi
Merilend shtatining Geytersberg shahridagi "Ipak yo'li" choyxonasi

"Vashington choyxonasi" dasturini bu safar studiyada olishdan bosh tortib, sayohatga chiqishga qaror qildik. Buning uchun eng yaxshi joy - ko'rsatuvni haqiqiy choyxonaning o'ziga borib olish, degan qarorga keldik.

Shu maqsadda Merilend shtatining poytaxt Vashington yaqinidagi Geytersberg shahriga borib, "Ipak yo'li" deb nomlangan o'zbekcha choyxonaga tashrif buyurdik.

Choyxona sohibi Azimjon Suvonov ko'rsatuvimiz mehmoni bo'lishi rejalangan edi, lekin biz uning mehmoni bo'ldik.

O'zbekcha osh, somsa, lag'mon va boshqa noz-ne'matlar ishtirokida kechgan shirin suhbatimizda Azimjon Suvonov AQShda biznes boshlash yo'l-yo'riqlari, o'zbekcha restoran yuritishning o'ziga xos qiyinchilik va yutuqlari haqida so'zlab berdi.

Suhbatni to'liq quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: "Ipak yo'li" choyxonasidagi suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:21:51 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG