18-sentabr kuni prezident Hasan Ruhoniy Eron hech qachon yadroviy qurol ishlab chiqarmaydi deya va’da qildi. Bunday bayonot G’arb bilan munosabatlarni tiklashda muhim ahamiyatga ega.
BMT Bosh Assambleyasi yig’inida qatnashish uchun Nyu-Yorkka safari oldidan Ruhoniy AQShning NBC telekanaliga intervyu berdi. U Eron nomidan Amerika va boshqa G’arb mamlakatlari bilan muzokara olib borish uchun to’la salohiyatga egaligini aytdi.
"Biz ommaviy qirg’in qurollari, shu jumladan yadroviy qurolni hech qachon ishlab chiqarmaymiz, deb qayta-qayta aytganmiz. Hech qachon bunday qilmaymiz”, - dedi Eron rahbari.
Bunday bayonot rasmiy Tehronning yadroviy dastur tufayli G’arb bilan taranglashgan
munosabatlarni yaxshilash niyatidan dalolat beradi.
AQSh bunday bayonotni qiziqish va ayni vaqtda ehtiyotkorlik bilan qabul qildi.
Ruhoniy, shuningdek, yaqinda AQSh rahbari Barak Obamadan olingan maktub “ijobiy va konstruktiv” ekanini aytdi.
"Bu muhim kelajak sari qo’yilgan jajji qadamlar bo’lishi mumkin”, - dedi u.
Kelasi hafta Eron prezidentining BMT Bosh Assambleyasida so’zga chiqishi kutilmoqda.
Eron oliy rahbari oyatullo Ali Xomeneiy yadroviy qurol islom qadriyatlariga to’g’ri kelmasligini aytgan. Biroq prezidentning so'nggi so'zlari to’xtab qolgan xalqaro muzokaralarga yangi turtki berishi mumkin.
"Men yadroviy dastur haqdagi muzokaralarni olib borish vazifasini tashqi ishlar vaziri zimmasiga yukladim. Bizga kelsak, hech qanday muammo bo’lmaydi. Masalani hal etish uchun biz siyosiy imkoniyatlarga egamiz”, - dedi Eron prezidenti.
Vashington bunday bayonotni ehtiyotkorlik bilan qabul qildi.
"Prezident Ruhoniyning Eron Islomiy respublikasi va xalqaro hamjamiyat o’rtasidagi aloqalarni yaxshilash niyatini butun dunyo eshitdi. Prezident Obama bu niyatni sinash kerak, degan fikrda”, – deydi Oq Uy so’zlovchisi Bernadet Mixan.
“Umid qilamizki, Eron hukumati xalqaro hamjamiyatning Eron yadroviy dasturi yuzasidan xavotirlarini bartaraf etish uchun masalaning diplomatik yo’l bilan hal qilinishi yo’lida imkon qadar harakat qiladi”.
G’arb tashvishlarini bartaraf etish maqsadida Eron chorshanba kuni taniqli inson huquqlari faoli, 2011-yilda davlat xavfsizligiga qarshi targ’ibot aybi bilan qamalgan Nasrin Sutudeyni ozod etdi.
AQSh Davlat departamenti Tehronni barcha siyosiy mahbuslarni ozod etishga undamoqda.