Breaking News

"Boeing" Eronga 100 dona samolyot sotadi


Tehron xalqaro aeroporti
Tehron xalqaro aeroporti

Amerikada asoslangan yirik aviatsiya kompaniyasi, "Boeing" Eronga 100 dona yo'lovchi samolyoti sotadi. Eron havo yo'llari rasmiylari shu haqda aytmoqda.

Vashington yanvarda Tehronga qo'yilgan iqtisodiy sanksiyalarni sekin-asta olib tashlay boshlagan edi.

Mamlakatda 250 dona samolyot bor, 230 tasini yangilash kerak, deydi Ali Obidzoda, Eron fuqarolik aviatsiyasi rahbari.

Eron yo'lovchi samolyotlarining ko'pi remonttalab. Amerika Moliya vazirligi tasdig'ini olgach, "Boeing" samolyotlarni yetkazadi, deydi Obidzoda.

Bitim qiymati 17 milliar dollar atrofida baholanmoqda. Kelishuv oxiriga yetkazilsa, bu 1979-yilgi islomiy inqilobdan beri Eron "Boeing"dan birinchi bor samolyot sotib olishi bo'ladi.

Yanvarda Tehron Yevropaning "Airbus" samolyotsozlik kompaniyasi bilan dastlabki bitim imzolagan. Unga ko'ra, Amerika Moliya vazirligi ruxsatini olgach, kompaniya 118 dona samolyotni Eronga sotadi.

"Airbus" xomashyosining 10 foizdan ko'pi Amerikadan kelgani bois, kompaniya AQSh rasmiylaridan ruxsat olishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG