Qo'shma Shtatlar va Yevropadagi uch ittifoqchi mamlakat, Britaniya, Fransiya va Germaniya Eron bilan qanday biznes, sarmoya bitimlari tuzishga ruxsat bor ekaniga aniqlik kiritmoqda.
Eron yadro dasturiga doir kelishuv ortidan bu davlatga qo'yilgan sanksiyalarning ko'pi olib tashlangan edi.
Davlat departamenti firmalarni bu borada hukumatlarga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilib, savol berishga undadi. Ma'lumot yo'q ekani yoki yanglish axborot biznesga to'siq bo'lmasligi kerak, deydi rasmiylar.
Qo'shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi yanvarda Tehronga qo'yilgan aksariyat sanksiyalarni olib tashladi. Eron yadro dasturini qisqartirganiga javob edi bu.
Lekin ayrim bizneslar Eron bilan savdo-sarmoya bobida qanday ishlar qilish mumkin-mumkin emasligini hanuz aniq bilmaydi.
Prezident Obamaning aytishicha, Eron Isroilni barbod qilishga doir shiorlar ostida ballistik raketalarni sinashda davom etar ekan, bizneslar asabiylashishi tabiiy.