Eron atom dasturiga doir muzokaralarning birinchi kuni Moskvada qizg’in o’tdi, ammo biror natija haqida gapirishga hali erta. Bugun muloqotning ikkinchi kuni.
Islomiy respublika diplomatlari Britaniya, Xitoy, Rossiya, Fransiya, AQSh va Germaniya vakillaridan Yevropa Ittifoqi va Amerika sanksiyalarini bekor qilishni so’ragan.
Eron moliyaviy salohiyatiga putur yetkazishga qaratilgan jazo choralari ikki haftadan so’ng kuchga kiradi. G’arb Tehron atom dasturi moliyalanishini shu tariqa qiyinlashtirmoqchi.
Sanksiyalar bekor qilinsa, Eron uranni 20 foiz darajaga boyitishni to’xtatishga va’da bermoqda.
Eron yadro dasturi unga elektr quvvati va tibbiy izlanishlar uchun kerakligini da’vo qilar ekan, G’arb nazarida buning uchun uranni 20 foizga boyitish shart emas.
Xavotir shuki, rasmiy Tehron bora-bora uranni yadro quroliga yaroqli holatgacha boyitishga harakat qiladi. Atom bombasi yaratish uchun 90 foiz darajada boyitilgan uran kerak.
Muloqot ishtirokchilari sanksiyalarni bekor qilishga so’z bermagan. Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo’yicha oliy vakili Ketrin Eshton muzokaralar og’ir va bahsli kechayotganiga ishora qildi.