Breaking News

Eron va jahon yetakchilari bir-biriga shart qo’ydi


A man herds horses in the Inner Mongolia region of China. (Photo submitted by Zuopeng Zhang to VOA Photo Contest)
A man herds horses in the Inner Mongolia region of China. (Photo submitted by Zuopeng Zhang to VOA Photo Contest)

Eron o’z yadro dasturi borasida jahon hamjamiyati olg’a surgan talablarni rad etdi.

Tomonlar Bag’dodda ikki kundan beri majlis qiladi. Xorij davlatlari islomiy respublikaning yadroviy izlanishlari harbiy maqsadni ko’zlaydimi, yo’qmi, shuni aniqlamoqchi.

Hozir Eron qudratli qurol uchun zarur yonilg’i, uranni 20 foizga boyitgan va niyati tibbiy tadqiqotlar hamda energiya ishlab chiqarish ekanini bildiradi. G’arb esa mamlakat qisqa vaqt ichida uranni 90 foizga boyitib, ommaviy qirg’in quroli yaratishi mumkin, deya tahlikada.

Rasmiy Tehron shikoyati shuki, BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi va Germaniya ko’p talablar qo’yib, evaziga yetarli imtiyoz taklif qilmayapti.

Xususan, Qum shahri yaqinidagi harbiy inshootda bunyod etilgan yadroviy izlanishlar markazi yopilishi kerak, xalqaro inspektorlar atom obyektlariga kira olishi lozim, deydi Germaniya, Britaniya, Fransiya, AQSh, Xitoy va Rossiya diplomatlari. O’z navbatida Eronga tibbiy va energetik jabhalarda yordam beriladi.

Eng muhim sanalmish bank va neft sohasida yakkalanib qolgan Eron esa iqtisodiy sanksiyalar zudlik bilan yumshatilsin, deya shart qo’ymoqda. Anjuman nihoyasiga yetar ekan, olg’a siljish bor, deydi ishtirokchilar.

Tomonlar til topishsa, Eronga qarshi harbiy chora qo’llash ehtimoli, neft bozoridagi beqarorlik va Yaqin Sharqda keng ko’lamli urushning oldi olinadi, deydi tahlilchilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG