Breaking News

Eron xalqaro inspektorlarga eshigini ochishi mumkin


BMTning Atom energiyasi bo'yicha agentligi rahbari Yukio Amano, Vena, 22-may, 2012-yil
BMTning Atom energiyasi bo'yicha agentligi rahbari Yukio Amano, Vena, 22-may, 2012-yil

Tehronda bir kun bo'lib qaytgan BMTning Atom energiyasi bo'yicha agentligi rahbari Yukio Amanoning aytishicha, tez kunlarda Eron xalqaro inspektorlarga ayrim inshootlarni tekshirishga ruxsat beruvchi shartnoma imzolaydi.

G'arb nazarida Eron bu zavodlarda atom quroliga doir dastur yuritmoqda. Gap, xususan, Parchin harbiy kompleksi haqida ketmoqda.

Amano Tehronda Eronning yadro dasturi bo'yicha bosh muzokarachisi Said Jaliliy bilan uchrashgan.

Eron Parchinda atom quroliga doir komponentlar emas, oddiy qurollar saqlanayotganini aytib keladi, biroq G'arb unga ishonmaydi va inspektorlar majmuani ko'zdan kechirishini istaydi.

Xususan, Isroil Eronni o'ziga tahdid deb biladi va atom dasturiga nisbatan chora ko'rilmasa, inshootlariga havodan hujum qilishi mumkinligi haqida aytib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG