Breaking News

Eron amerikalik yoshlarni qo'yib yubordi


Uch talaba Iroqning Kurdiston mintaqasini kezib yurganida bilmasdan Eron hududiga kirib qolganini aytib, kechirim so’ragan. Sara Shurd (o'rtada) o'tgan yili 500 ming dollar tovon evaziga qo'yib yuborilgan edi.
Uch talaba Iroqning Kurdiston mintaqasini kezib yurganida bilmasdan Eron hududiga kirib qolganini aytib, kechirim so’ragan. Sara Shurd (o'rtada) o'tgan yili 500 ming dollar tovon evaziga qo'yib yuborilgan edi.

Eron 2009-yilda ushlanib, ayg’oqchilikda ayblangan ikki amerikalikni 1 million dollar tovon evaziga qo’yib yubordi.

Sheyn Bauer va Josh Fattal Tehrondagi Shveytsariya elchixonasiga topshirildi. Hozir ular vatanga yo'l olgan.

O’rtada diplomatik aloqa yo’qligi sabab Shveytsariya hukumati Eronda AQSh nomidan ish yuritadi.

Ikki yilni qamoqda o’tkazgan amerikaliklar Iroqning Kurdiston mintaqasini kezib yurganida bilmasdan Eron hududiga kirib qolganini aytib, kechirim so’ragan.

Sheyn Bauer, jurnalist va fotograf. Josh Fattal esa ekolog, muallim. Iroq-Eron chegarasiga qiziqib borganini aytadi.

Josh Fattal, chapdan, va Sheyn Bauer, 21-sentabr 2011
Josh Fattal, chapdan, va Sheyn Bauer, 21-sentabr 2011

Guruhda aslida uch kishi bo'lgan. Uchinchi shaxs, Sara Shurd ismli qiz, o’tgan yili 500 ming dollar evaziga ozod etilgan edi. Shurd, ingliz tili muallimasi, Sheyn Bauerning qallig'i.

Sheyn Bauer va Josh Fattalga esa shu yilning avgust oyida 8 yil qamoq jazosi berildi.

Amerika hukumati fuqarolari taqdiridan xavotir bildirib, ularning ozod etilishini talab qilayotgan edi.

Rasmiy Tehron bu talabga ko'ra emas, balki mehr-muruvvat va insonparvarlik nuqtai nazaridan shunday qarorga kelganini bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG