Breaking News

Eronni ko'rishga oshiqayotgan amerikaliklar


Eronning qanday jamiyat ekanini yaqinda ko'rishni istaydigan amerikaliklar ko'p
Eronning qanday jamiyat ekanini yaqinda ko'rishni istaydigan amerikaliklar ko'p

Yaqinda Britaniyada o’tkazilgan so’rov natijasida sayyohlar Eronga safar qilishni qat’iyan istamasligi ma’lum bo’lgan. O’tgan yili u yerga ikki million turist borgan. Ular orasida amerikaliklar ham bor.

Debra Rojers o’tgan yili Eronga sayohat qilgan 1500 amerikalikdan biri. Chet elga boorish ishtiyoqida bo’lganlar odatda Eronni tanlamaydi, deydi u, o’zga bir dunyo.

Tehron
Tehron

“Ular meni ko’rib hayron qolishdi, nimaga kelganim va Eron haqida nima deb o’ylayotganim bilan qiziqishdi. Hamma bu yer yoqyaptimi deb so’rayverdi”,- deydi u.

AQSh hukumati fuqarolarga Eronga borishni taqiqlamagan, ammo tavsiya qilmaydi.

Debra Rojers kabi sarguzasht izlaganlargina u yerga borishni ma’qul ko’radi.

“Menimcha, Eronga safar qilayotganlar boshqacha amerikaliklar, juda qiziquvchan”,- deydi u.

Turizm Eronga qancha daromad olib kelmoqda?
Turizm Eronga qancha daromad olib kelmoqda?

Yurgen Shtaynmets – Amerika-Eron Turizm uyushmasi rahbari. Unga ko’ra, ba‘zi amerikaliklar Eronga sarguzasht izlab borsa, boshqalar madaniy obidalarni ko’rish uchun safar qiladi.

Eron rahbariyati turizm sohasini rivojlantirishga harakat qilar ekan, Eron vizasini olish jarayonini ancha osonlashtirdi.

Masalan, ko’plab mamlakatlarning fuqarolari, shu jumladan amerikaliklar, kirish vizasini aeroportning o’zidayoq olishi mumkin.

Eronning qadim shaharlarini kezayotgan amerikaliklar
Eronning qadim shaharlarini kezayotgan amerikaliklar

Eronga 10 kunlik sayohat kishi boshiga 4000 dollar. U yerda sovg’a-salom va boshqa narsalar uchun yana cho’ntakdan to’laysiz.

Debra Rojers safari cho’gida 200 dollarlik suvenir sotib olibdi. Kelasi safar yanada ko’proq sarflash niyatida.

“Xudo xohlasa, men u yerga yana boraman. Ikkinchi marta borgach, nima qilishni yaxshiroq bilishim aniq, ayniqsa fors tasviriy san’at masalasida”, - deydi u Eronda sotib olgan suratlarni nazarda tutib.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG