Breaking News

Eron va yirik davlatlar yadro masalasi hal etilishidan umidvor


Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif va Yevropa Ittifoqi rasmiysi Ketrin Eshton Jenevadagi muzokaralar yakunida matbuot anjumanida ishtirok etmoqda, 10-noyabr, 2013-yil
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif va Yevropa Ittifoqi rasmiysi Ketrin Eshton Jenevadagi muzokaralar yakunida matbuot anjumanida ishtirok etmoqda, 10-noyabr, 2013-yil
Eron yadro dasturi xususida muzokara qilayotgan davlatlar so’nggi muloqot chog’ida bir to’xtamga kelmagan bo’lsa-da, yil oxirigacha masalani hal etishga umid qilmoqda.

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning aytishicha, Jenevada o’tgan hafta o’tkazilgan muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishilgan. Biroq, deydi Eron vaziri, qarshi tomon o’zaro kelisha olmayapti.

O’z ichiga AQSh, Britaniya, Fransiya, Xitoy, Rossiya va Germaniyani olgan P5+1 guruhida fikrlar bo’lingan, deydi Zarif.

Ammo AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, aynan Eron guruh birgalikda ishlab chiqib, unga bergan taklifni qabul qilmagan.

Muzokaralar kelasi hafta davom ettiriladi.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning aytishicha, agar Eron bilan ba’zi masalalarda kelishilsa, P5+1 guruhi sanksiyalarning bir qismini olib tashlashga rozi. Ammo muloqot natija bermasa, deydi Xeyg, jazo choralari yanada kuchaytirilishi mumkin.

Xabarlarga ko’ra, kecha Eron va BMTning Atom energiyasi bo’yicha xalqaro boshqarmasi inspektorlar vakolatini kengaytirishga kelishib olgan.

Xususan, Eron kelasi uch oy ichida BMT mutaxassislarini asosiy uran koni va Arak shahrida qisman ishga tushgan reaktor uchun og’ir suv ishlab chiqarayotgan zavodga qo’yishga rozi bo’lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG