Breaking News

Ummonda Eron yadro dasturiga doir xalqaro muzokaralar o'tdi


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (o'ngdan birinchi), Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif (chapda), Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo'yicha mas'ul vakili Ketrin Eshton (chapdan ikkinchi) va Ummon Tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviy, Muskat, 9-noyabr, 2014-yil
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (o'ngdan birinchi), Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif (chapda), Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo'yicha mas'ul vakili Ketrin Eshton (chapdan ikkinchi) va Ummon Tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviy, Muskat, 9-noyabr, 2014-yil

Eron, AQSh, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya va Germaniya muzokarachilari bugun Ummonda Tehron yadro dasturiga doir muloqotning navbatdagi davrasini o'tkazmoqda. AQSh, Eron va Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari muzokaralardan oldin so'nggi ikki kun gaplashgan, ammo xabarlarga ko'ra bir qarorga kelmagan.

G'arb davlatlari salkam bir yildan beri Eron bilan muzokara qilib, atom faoliyatini cheklashga kelishishga harakat qilmoqda. Olti oy oldin yakunlangan muzokaralar samara bermagani uchun tomonlar 24-noyabrgacha muloqotni davom ettirishga kelishgan edi.

Eron yadro dasturini qisqartirsa G'arb unga qo'yilgan sanksiyalarni bekor qilishga va'da bergan. Ba'zi mamlakatlar Tehron atom quroli ustida ishlamoqda degan xavotirda va uni bunday salohiyatdan ayirmoqchi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayerning aytishicha, 24-noyabrgacha vaqt oz qoldi, tomonlar yo bir to'xtamga kelishadi yoki fursat boy beriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG