BMTning atom energiyasi bo'yicha dasturi rahbari Yukiya Amano bugun, payshanba kuni Tehronda rasmiylar bilan ko'rishib, bu davlat yadro dasturi atrofidagi bahs yechimini muhokama qildi.
Amano Eron oliy xavfizlik kengashi vakili Ali Shamxoniy bilan muzokara qilib, kechroq Prezident Hasan Ruhoniy bilan ham uchrashadi.
BMT rasmiylari, xususan, Eron atom dasturining ehtimoliy harbiy jihatlariga aniqlik kiritish umidida.
Eron ommaviy qirg'in quroli yasayotganini qat'iyan rad etadi. Tehron nazarida bu da'volar AQSh va Isroil maxfiy xizmatlari taqdim etgan yanglish ma'lumotga asoslangan.
BMT atom energiyasi agentligi, xususan, mana bir necha yildirki Erondagi Parchin harbiy bazasini ko'zdan kechirish, unga inspektorlarni kiritishga harakat qilib keladi. Lekin Tehrondan ruxsat yo'q.