Breaking News

Obama: Eron bilan kelishuv ma'qullanmasa, tarix bizni qoralaydi


AQSh rahbari Barak Obama Oq uyda o'tgan matbuot anjumanida, 15-iyul, 2015-yil.
AQSh rahbari Barak Obama Oq uyda o'tgan matbuot anjumanida, 15-iyul, 2015-yil.

AQSh Prezidenti Barak Obama 15-iyul kuni matbuot anjumani o'tkazib, Eron bilan erishilgan kelishuvni himoya qildi. Uning aytishicha, bitimda Eronning yadro qurolini qo'lga kiritishiga yo'l qo'ymaslik uchun dunyodagi eng yaxshi choralar qamrab olingan.

Oq uyda o'tgan anjumanda Amerika yetakchisining aytishicha, Eronni atom bombasi sari eltadigan barcha yo'llar yopilgan. Ushbu bitim AQShni, uning ittifoqchilari va dunyoni xavfsizroq qiladi, dedi Obama.

Uning ta'kidlashicha, agar Kongress kelishuvni ma'qullamasa, tarixning keskin qoralashiga duchor bo'ladi va bunday imkoniyat ikkinchi bor qaytib kelmasligi mumkin.

Eron bilan AQSh yetakchiligida olib borilgan mzuokaralar Amerika yetakchiligining kuchli namoyishi bo'ldi, dedi AQSh rahbari.

Respublikachi qonunchilar hamda prezidentlikka da'vogar respublikachi nomzodlar Eron bilan kelishuvga erishilganidan norozi.

Shunga qaramay, bitimning Kongress tasdig'idan o'tishiga umid bildirilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG