Eron oliy diniy rahnamosi yangi prezident Hasan Ruhoniy G’arb bilan murosa izlayotganini olqishlagan. Ammo oyatulla prezidentning o’tgan oy Nyu-Yorkka safarida kamchiliklar topgan.
Ali Xomenei harbiylar oldida qilgan chiqishida aynan nimadan norozi ekanini aniq aytmagan.
Biroq taxminlarga ko’ra, Ruhoniy va AQSh rahbari Barak Obama o’rtasidagi muloqot haqida gap ketmoqda.
Oyatulla fikricha, Amerika hukumati ishonchga loyiq emas va va’dalarini buzib kelgan.
Obama va Ruhoniy 20-sentabr kuni telefonda 15 daqiqa gaplashib, 35 yillik diplomatik sukunatga barham bergan edi.
Eron Inqilobiy gvardiyasi qo’mondoni, general Muhammad Ali Jafariy nazarida ham Ruhoniy Obama bilan telefonda gaplashib xato qilgan.