Breaking News

Obama Eron rahbari bilan telefonlashdi


Prezident Barak Obama Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefonda, 27-sentabr, 2013, Oq uy, Vashington
Prezident Barak Obama Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefonda, 27-sentabr, 2013, Oq uy, Vashington

"Amerika Ovozi" xabarlari, 28-sentabr, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:22 0:00
Yuklab oling

AQSh va Eron rahbarlari telefon orqali so’zlashdi, 15 daqiqa davomida. 1979-yilgi islomiy inqilobdan beri ikki davlat prezidentlari bevosita gaplashmagan edi.

Barak Obama bu haqda Oq uyda o’tgan matbuot anjumanida e’lon qildi.

Hasan Ruhoniy Nyu-Yorkka safari davomida matbuotga bir qancha intervyular berdi.

"Biz hech qachon atom quroli ishlab chiqarmaymiz", - deya va’dalar berdi.

BMT Bosh Assambleyasi minbaridan qilgan murojaatida ham Ruhoniy Eron AQSh va G’arb bilan munosabatlarni yangilashga tayyor ekani, atom dasturi atrofidagi bahslarni hal qilishga hozir ekanini bayon qildi.

Barak Obama telefon orqali Ruhoniy bilan aynan shu mavzuda fikr almashgan.

“BMT majlisida bayon qilganimdek, bu masalalar osonlikcha hal bo’lmaydi. Muvaffaqiyat yo’lida to’siqlar bir dunyo. Ammo keng qamrovli kelishuvga erisha olamiz deb ishonaman”, - deydi AQSh rahbari.

Hasan Ruhoniyning BMTga tashrifi AQSh-Eron aloqalarida yangi sahifa ochdi.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri va Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif yuzma-yuz uchrashgani tarixiy voqea deya olqishlanmoqda.

Ammo prezident Ruhoniy BMT majlisi doirasida Barak Obama bilan uchrashadi degan umidlar oqlanmadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG