AQSh va Xitoy bir fikrda yakdil - Eron xalqaro hamjamiyat bilan o'z atom maqsadlari haqida samimiy va haqqoniy gaplashishi kerak.
Bugun, 26-sentabr kuni, BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a'zolari - Amerika, Xitoy, Rossiya, Fransiya va Britaniya - shuningdek, Germaniya diplomatlari Tehrondan kelgan yuqori darajali delegatsiya bilan Nyu-Yorkda muzokara olib bordi.
Islomiy respublikaning yangi prezidenti Hasan Ruhoniy "davlatimiz hech qachon yadro quroli yaratmaydi va atom bombasiga egalik qilish niyatimiz yo'q" deya qayd etmoqda. 24-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida so'zlaganida ham shunday dedi. Ruhoniy Amerika bilan konstruktiv muloqotga shay ekanini aytmoqda.
Vashington nazarida bu ijobiy o'zgarish, ammo Eronga nisbatan ishonch yo'q, deydi prezident Barak Obama.
G'arb diplomatlari Tehrondan o'z atom dasturidan voz kechib, uranni boyitish ishlarini bas qilishni talab qilmoqda. Eron esa bunday programma yuritishga haqqi bor ekanini ta'kidlab keladi.
Bugungi ko'p tomonlama muzokaraga Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Eshton raislik qildi.
Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javed Zarif va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri yonma-yon o'tirib fikr almashdi.
Kerri muzokaradan mamnun, ammo tomonlar murosaga kelishi uchun birgina muloqotning o'zi yetmaydi, deydi. Kelasi muzokara oktabr oyi o'rtalariga rejalangan.
Eron vakillari global tinchlik va qurolsizlanish haqida gapirgan. Hech bir davlat atom quroliga ega bo'lmasligi lozim, deya bayon qilgan.
Majlis oldidan Ruhoniy kelasi olti oy ichida Amerika bilan murosaga erishish niyatida ekanini aytgan.
Dina Isfandiyoriy, fors-amerikalik tahlilchi, "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, Ruhoniy muddat haqida gapirmay, e'tiborni amaliy qadamlarga qaratishi kerak, deydi.
"Albatta, Eron tomon muammo tezroq hal etilishini istayotgani ijobiy hol, ammo ular atom dasturidan voz kechadimi? Yechim shunga bog'liq",- deydi Isfandiyoriy.