Breaking News

Obama: BMT jahon tashkiloti bo'lsa dadilroq harakat qilsin


Barak Obama BMT Bosh Assambleyasida, 24-sentabr, 2013
Barak Obama BMT Bosh Assambleyasida, 24-sentabr, 2013
BMT Bosh Assambleyasi o’zining 68-sessiyasini ochdi. Dunyo rahbarlari uning minbarida. AQSh prezidenti Barak Obama birinchilardan bo’lib so’zladi.

Barak Obama BMT Bosh Assambleyasida, 24-sentabr 2013 - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:23 0:00
Yuklab oling
Amerika rahbari avvalo o’z davlati iqtisodi inqirozdan chiqib olganini e’lon qildi. Hali oldinda qilinadigan ishlar ko’p, ammo moliyaviy tizim endi tushkunlikda emas, balki oldinga qarab siljigan, dedi Obama.

“Afg’onistonda 12 yildan beri davom etayotgan urushni tugatish bizning asosiy maqsadimiz”, - deydi prezident.

Tolibon bilan tinchlik yo’lida muzokara boshlaganmiz, lekin asosiy shart xurujlarni bas qilish. Al-Qoida bilan hamkorlikni to’xtatib, afg’on xalqi barqarorligini ko’zlamasa, biz ularni dushman deb bilamiz, deydi Obama. Amerika Afg’onistonni tark etadi, ammo har tomonlama yordamni davom ettiradi, deydi u.

AQSh rahbari Suriya masalasiga ham alohida to’xtaldi.

“Xalqaro hamjamiyat bir yoqadan bosh chiqarib, bu davlatning zolim prezidentini o’z xalqini qirishdan to’xtatishi kerak. Kimyoviy qurollar qo’llanilganini ko’rib turib, biz jim tura olmaymiz. BMT axir mana shunday qirg’inlarning oldini olish uchun ham tuzilgan. Kimyoviy qurollar man etilgan, lekin nima uchun ulardan hamon foydalanilmoqda? Nima uchun BMT kuchliroq chora ko’rmayapti?" – deya murojaat qildi Obama, dunyo rahbarlarini bu borada dadilroq harakat qilishga undar ekan.

“Bashar al-Assad o’z xalqiga qarshi zaharli gazlar qo’llagan va bu haqiqatni rad etish vijdonsizlik bo’ladi”,- deydi Obama.

“Biz boshidanoq diplomatiya tarafdori bo’lganmiz. Suriyadagi mojaroni muzokara orqali yechish mumkin edi va hali ham mumkin. Biroq Bashar al-Assad prezident sifatida xalqaro majburiyatlarni ado etishi shart. BMT uning qilmishlariga qarab tura olmaydi. BMT adolat uchun kurashishi kerak”,- deydi prezident.

“O’z xalqini qirib, bolalarini zaharlab, yo’q hech narsa qilmadik deb o’tirgan rahbarni jazolash kerak”,- deydi Obama.

“Amerika Suriyada tinchlikdan boshqa hech narsa xohlamaydi. Yaqin Sharqdagi mojarolar bartaraf etilib, xalqlar tinchlikda yashashini istaymiz. Buning uchun hamma bilan ishlashga tayyormiz”, - deydi Obama.

“Bir tomondan AQShni musulmon dunyosini egallab olishga harakat qilayotganlikda ayblaydi. Yaqin Sharqni bosib olmoqchi degan iddaolar bor. Boshqa tomondan esa dunyoning bu qismida tinchlikka erishish uchun yetarli harakat qilmayotganlikda ham ayblanadi. Haqiqat shuki, men sizga prezident sifatida aytaman, biz barqarorlik tarafdorimiz. Terrorizmga qat’iy qarshimiz. Davlatlar mustaqilligini hurmat qilamiz. Lekin o’z manfaatlarimizni ham himoya qilamiz. Mintaqa tinchligi siyosiy-iqtisodiy jihatdan bag’oyat muhim masala. Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda demokratiya, erkin iqtisod va inson huquqlarini targ’ib qilishda davom etamiz. Iroqda shuni ko’rdikki, demokratiyani kuch bilan o’rnata olmaysiz”,- deydi Obama.

Yaqin Sharqda AQSh uchun ikki masala o’ta muhim, deydi u.

Yadroviy qurollarga egalikni cheklash va Isroil-Falastin masalasini hal etish.

“Eron shu paytgacha bizni va Isroilni dushman deb ko’rib keldi. Biz uning yadroviy qurol yaratish harakatiga qarshimiz. Bu dasturni yo’q qilishi kerak deb hisoblaymiz. Biz Eronda tuzumni o’zgartirmoqchi emasmiz. Yaqinda bu hukumat atom bombasini hech qachon yaratmaymiz deb e’lon qildi. Biz buni olqishlaymiz. Lekin bu gaplar amalda o’z isbotini ko’rishi kerak. Eron dunyo bilan oshkora gaplashishi kerak. Unga ishonch past, chunki o’tmishda ko’p marta o’z so’zidan qaytgan. Biz masala muzokara orqali yechiladi degan umiddamiz”.

“Amerika Isroilni himoya qilishda davom etadi, ammo Falastin mustaqil davlatga aylanishga haqli. Bosib olingan yerlar bu xalqqa qaytarilishi va yahudiy hamda arablar yonma-yon yashashni o’rganishi kerak. Bundan boshqa yo’l yo’q”.

Obama, prezident sifatida, diplomatiya kuchiga ishonishini qayta-qayta qayd etdi.

AQSh mushtarak manfaatlarga asoslangan holda har bir davlat bilan hamkorlikka shay, ba'zida bu davlatlardagi vaziyat Amerika qadriyatlariga yoki xalqaro talablarga javob bermasligi aniq, deydi Obama, lekin dunyo tinchligi yo'lida Vashington murosa qilishni ma'qul ko'radi.

BMT insoniyat tinchlik va erkinlikda yashashini ta'minlash uchun barpo etilgan. Biroq xalq o'z haqqini talab qilib ko'chaga chiqqanida uni kuch bilan bostirayotgan zolim rahbarlar bugun bu tashkilotni pisand qilmaydi. Aksincha, o'z suverenitetini ro'kach qilib, BMT bilan hisoblashmaydi, unga a'zolik har bir davlat bo'yniga qator majburiyat va burchlar yuklashini unutadi, deydi Obama.

Prezident BMT Xavfsizlik Kengashini nayrangbozlik bilan mashg'ul organ deya ta'rifladi. Suriyadagi vaziyatga yondashuv buning yaqqol isboti, deydi u. AQSh bir necha bor Xavfsizlik Kengashini Bashar al-Assadga qarshi rezolyutsiya qabul qilishga undagan, ammo ikki domiy a'zo Rossiya va Xitoy unga qarshi chiqib, Suriya hukumatiga nisbatan chora ko'rish yo'llarini to'sgan.

Barak Obama nutqini ingliz tilida original holda mana bu yerda tomosha qiling:

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG