Breaking News

Suriya rahbari xalqaro inspektorlarning qaytishiga qarshi emas


Suriya prezidenti Bashar Assad
Suriya prezidenti Bashar Assad
Suriya prezidenti Bashar Assad kimyoviy qurollar bo’yicha xalqaro inspektorlarning mamlakatga kelib, kimyoviy omborlarni ko’zdan kechirishiga qarshi emas.

Assad Xitoy televideniyesiga bergan intervyusida shu haqda so’zlagan. Uning aytishicha, bu masaladagi yolg’iz muammo inspektorlar xavfsizligini ta’minlash. Xalqaro hamjamiyat hukumatni bitim shartlariga rioya qilmayotganlikda ayblashi uchun terrorchilar ekspertlar ishiga halaqit berishi mumkin, deydi mamlakat rahbari.

Assadga ko’ra, Suriyada katta miqdorda kimyoviy qurollar bor va ular xavfsiz joyda hukumat nazorati ostida saqlanmoqda.

"Kimyoviy qurollar terrorchilar yoki chetdan mamlakatga kirgan buzg’unchi kuchlar qo’liga tushib qolmasligi uchun maxsus sharoitda qo’riqlanmoqda", - dedi Assad.

Suriya hukumati isyonchilarni Damashq tevaragida bir necha bor kimyoviy qurolni ishga solganlikda ayblagan.

AQSh, Fransiya va Britaniya nazarida esa hujum hukumat kuchlarining ishi.

Suriya kelasi yil o’rtasigacha barcha kimyoviy qurollaridan voz kechishga rozi bo’ldi. AQSh va Rossiya ularni mamlakatdan olib chiqib, yo’q qilish ustida bosh qotirmoqda.

Xalqaro hamjamiyat bu ishni BMT rezolyutsiyasi orqali rasmiylashtirmoqchi. Biroq Rossiya Suriya bitim talablarini bajarmasa, unga qarshi harbiy kuch ishlatilishi haqidagi bandning hujjatga kiritilishiga qarshi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShni Moskvaga bu masala bo’yicha bosim qo’yayotganlikda ayblamoqda.
XS
SM
MD
LG