Eronda yangi saylangan prezident Hasan Ruhoniy islomiy respublika xalqaro hamjamiyat bilan bundan keyin qanday munosabatda bo’lishi xususida o’z qarashlarini bildirdi. U o’zining ilk matbuot anjumanida saylovlardagi g’alabasi bilan Eron uchun yangi davr boshlanganini aytdi.
Hasan Ruhoniy yirik davlatlar, jumladan, Qo’shma Shtatlar bilan do’stona aloqada bo’lish tarafdori ekanini ma’lum qildi.
"Eron-Amerika aloqalari murakkab, chigal bir muammodir. Oddiy bir mavzu emas. Eski yara bor va uning bitishi uchun malham qo’yish kerak", - dedi Ruhoniy.
AQSh va ittifoqchilari Tehronni yadro dasturidan atom quroli yaratayotganlikda ayblab keladi. Eron esa bu da’volarni inkor etadi. Natijada shu kungacha Tehronga qator xalqaro iqtisodiy sanksiyalar qo’yilib, respublika iqtisodiyoti bundan zarar ko’rmoqda.
Ruhoniy xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni yaxshilamoqchi ekanini aytsa-da, Eronda tashqi siyosatdagi muhim yo’nalishlarni oliy diniy rahnamo belgilaydi. Shunga qaramay, deydi o’tmishda muzokarachi bo’lgan Ruhoniy, murosa qilsa bo’ladi.
"Yadro dasturimiz oydek ravshan, biroq uni yanada oydinlashtirishga tayyormiz, toki butun dunyo islomiy respublika xalqaro qoidalarga rioya qilayotganini ko’rib qo’ysin", - dedi u.
Eron yadro dasturi bo’yicha Almatida o’tgan so’nggi muzokaralar natijasiz yakunlangan. Ammo, deydi Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo’yicha mas’ul rasmiysi Ketrin Eshton, noumid shayton.
"Eronni hamkorlik qilishga undashda davom etaman. Ishonchni yo’lga qo’ya bilsak, dastur haqida gaplashish osonroq bo’ladi", - dedi Eshton.
Ruhoniyning g’alabasi boshqa davlatlar bilan do’stona aloqada bo’lishni istagan tarafdorlari uchun quvonchli voqea bo’ldi. Siyosiy arboblar va tahlilchilar Eron siyosatida qanday o’zgarish bo’larkan, deya taxmin va bashorat qilishdan charchamayapti.
Isroil prezidenti Shimon Peres Eron siyosati mo’tadillashadi, deb umid qilsa, bosh vazir Benyamin Netanyaxu bosimni susaytirmaslik kerak, deydi.
"Eronga bosimni qancha kuchaytirsak, bu davlat yadroviy qurol dasturiga shuncha tez barham beriladi. Nima qilib bo’lsa ham, unga yo’l bermaymiz", - dedi Netanyaxu.
Isroil ham Tehronni atom quroli ustida ishlayotganlikda ayblar ekan, dastur to’xtatilmasa, Eron yadro inshootlariga hujum qilishini aytgan.
Eron bo’yicha ekspert Mark Fitspatrik nazarida Ruhoniyning prezidentlikka saylanishi yadro dasturiga ta’sir qilmaydi.
"Bu borada siyosat o’zgarmaydi, biroq ayrim masalalarda Tehron murosa va kelishuvlarga rozi bo’lishi mumkin. Bitimga kelishishga xayrixohlik bo’lmasa, masalaga yechim topib bo’lmaydi", - deydi Vashingtondagi Xalqaro strategik izlanishlar instituti tahlilchisi.