Breaking News
Din

Eron musulmonlari bu yilgi Haj safarini qoldirishi mumkin


Eron davlat axborot agentligining xabar berishicha, Eron va Saudiya Arabistoni hukumatlari kelisha olmayotgani bois eronlik musulmonlar bu yil Haj safariga borolmasligi mumkin.

Bu haqda agentlikka Eron Madaniyat va islomiy nasihat vaziri Ali Jannatiy ma'lum qilgan. Unga ko'ra, Haj masalasini hal etish uchun Saudiya Arabistoniga borgan Eron delegatsiyasi quruq qaytdi.

"Ikki davra muzokaralarda Saudiya rasmiylari kelishishni istamadi. Eronlik ziyoratchilar bu yili Hajga bora olmaydi", - dedi Jannatiy.

Uning aytishicha, yakuniy qaror 30-mayda qabul qilinadi.

O'tgan yilgi Haj paytida 400 dan ziyod eronlik tiqilinchda nobud bo'lganidan so'ng Tehron Riyodni xavfsizlik choralarini ta'minlay olmaganlikda ayblagan. Yil boshida esa qirollikda shia imom Nimr al-Nimr qatl etilganini Eron qoralagach, Saudiya Arabistoni bu mamlakat bilan diplomatik aloqalarni uzdi.

Ikki davlat Suriya mojarosida turli taraflarni qo'llab keladi - Eron Suriya Prezidenti Bashar Assad hukumatini, qirollik esa unga qarshi kurashayotgan isyonchilarni.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG