Bugun Mahmud Ahmadinejod BMT Bosh Assambleyasida Eron prezidenti lavozimida so’nggi bor ma’ruza qildi. AQSh va Isroil delegatsiyalari uning nutqini boykot qildi.
Ahmadinejod Xavfsizlik Kengashini bir necha hukumat nazoratida ekanini aytib, keskin tanqid qildi. Uning aytishicha, dunyoda ahloqiy qadriyatlar emas, moddiy tushunchalar hukmronlik qilmoqda.
Kecha prezident Obama o’z chiqishida Eronni ham tilga olib, unga yadro qurolini yaratishga imkon berilmasligi haqida so’zladi.
Ahmadinejod Assoshieytid Press axborot agentligiga bergan intervyusida Amerikaning dunyodagi hukmronligi poyoniga yetmoqda, deb Obamaning so’zlarini pisand qilmasligini aytgan.
Uning aytishicha, dunyoda yangi tartib o’rnatilib, ikki davlat hamkor bo’lishiga imkon tug’iladi.
Ahmadinejodning ikkinchi prezidentlik muddati kelasi yil iyunida nihoyasiga yetadi. Qonunga ko’ra, u uchinchi muddatga saylana olmaydi.
Bugun Misr prezidenti Muhammad Mursiy ham Bosh Assambleyada so’zladi.
Sessiya kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri Suriya bo’lib, kecha prezident Obama o’z nutqida xalqaro hamjamiyatni Assad rejimiga chek qo’yishga chaqirdi.
Bosh kotib Pan Gi Mun esa prezident Bashar al-Assadni insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, Suriyada fuqarolik urushi xalqaro tinchlikka salbiy ta’sir qiladi, dedi.
200 mingdan ziyod suriyalik qochqinga boshpana bergan Iordaniya qiroli Abdulla ham mamlakatdagi vaziyat xususida xavotir bildirib, delegatlardan qochqinlarga yordam berishni so’ragan.
Qatar amiri Shayx Hamad bin Xalifa al-Taniy esa Xavfsizlik Kengashini zo’ravonliklarni to’xtata olmaganlikda ayblab, arab davlatlarini Suriyaga qo’shin yuborishga da’vat etdi.
Bosh Assambleya sessiyasida Afg’oniston va Pokiston rahbarlari ham so’zlab, terror xurujlari oqibatida nobud bo’lgan tinch aholi taqdiri yuzasidan afsusda ekanini bildirgan.
Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariyning aytishicha, xurujlar nafaqat tinch aholi va askarlar, hatto uning rafiqasi, sobiq bosh vazira Benazir Bxuttoni ham hayotdan olib ketdi. “Xavfsizlik ma’muriyatim uchun ustuvor yo’nalishlardan bo’ldi”, dedi Zardariy.
Afg’oniston prezidenti Hamid Karzayning aytishicha, yolg’iz xalqaro kuchlar bilan terrorizm balosidan qutulib bo’lmaydi. Uning ildiziga bolta urish kerak, dedi u.
Har ikki rahbar Xavfsizlik Kengashini isloh qilishga, teng huquqli va demokratik idoraga aylantirishga chaqirdi. Zardariy va Karzay Falastin xalqiga yordam berishga, Falastinni davlat sifatida tan olishga va BMTga to’laqonli a’zo sifatida qabul qilishga ham da’vat etdi.