Bugun Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 67-sessiyasi ish boshladi. 120 dan ortiq davlat rahbarlari bir necha kun davomida navbatma-navbat assambleya minbaridan nutq so’zlaydi. AQSh prezidenti Barak Obama sessiya ishtirokchilariga dunyodagi ayrim jarayonlarga Amerika pozitsiyasini bildirdi.
Xususan, Obama yaqinda Liviyada Amerika konsullik xizmatiga xurujlarni qoralab, bu nafaqat Qo’shma Shtatlar, balki butun dunyo, BMT poydevori bo’lmish ideallarga qarshi hujumlardir, dedi.
AQSh rahbarining aytishicha, jahon hamjamiyati zo’ravonlik va tolerantsizlikka qarshi turishi lozim. Obama Bing’ozi shahrida o’ldirilgan Amerika elchisi Kris Stivensni xotirlab, dunyo kelajagini uning qotillari emas, balki marhum diplomatga o’xshagan insonlar belgilashi kerak, dedi.
Musulmon davlatlarda Muhammad payg’ambarni tahqirlagan filmga qarshi namoyishlar va zo’ravonliklar avj olib, AQSh va G’arb elchixonalari hujumga uchragan. Prezident Obamaning aytishicha, begunoh insonlarning o’limini hech qanday sharoitda oqlab bo’lmaydi.
“Amerika hukumatining bu videoga hech qanday aloqasi yo’q. Film nafaqat musulmonlar, balki Amerika uchun ham haqoratdir. Hech bir video, hech bir haqorat Livanda restoranni yoqishga, Tunisda maktabni vayron qilishga, Pokistonda odamlarni o’ldirishga asos bo’la olmaydi”, dedi Obama.
Uning aytishicha, AQSh Konstitutsiyasi so’z erkinligini kafolatlaydi. Amerikada har kuni nasroniy qadriyatlarga qarshi ko’plab materiallar nashr qilinadi, ammo ularning hech biri man qilinmaydi, dedi u.
“Hatto meni, mamlakatimiz prezidenti va qurolli kuchlar oliy qo’mondonini ham har kuni so’kishadi va men ularning bu huquqlarini himoya qilaman. Chunki ko’plab amerikaliklar aynan shu huquq uchun dunyo bo’ylab ko’p qon to’kkan, garchi ayrim qarashlar va fikrlarga qo’shilmasak-da”, deydi Obama.
AQSh prezidenti Eron yadro dasturiga ham to’xtalar ekan, masalani diplomatiya yo’li bilan hal etish tarafdorimiz, dedi.
“Buning uchun vaqt va imkoniyat bor, ammo cheksiz emas. Qo’shma Shtatlar har bir davlatning yadro energiyasidan tinch maqsadda foydalanish huquqini tan oladi, biroq BMT bunga amin bo’lishi lozim. Yadro quroliga ega Eron Isroil, Fors ko’rfazi davlatlari va mintaqa iqtisodiyotining barqarorligi uchun tahdiddir. Bu Yaqin Sharqda yadro poygasiga sabab bo’lib, Ommaviy qirg’in qurollarini tarqatmaslik haqidagi xalqaro bitimni izdan chiqaradi. Shu sabab AQSh va hamkor davlatlar Eronni bu yo’ldan qaytarishi lozim”, dedi Obama.
Amerika rahbari Yaqin Sharqdagi inqilobiy jarayonlarga baho berar ekan, odamlar o’z taqdirini belgilash erkinligiga intilib yashashini aytdi.
Uning aytishicha, hukumatlar xalqqa xizmat qilsagina, iqtisodiy imkoniyatlar, e’tiqod erkinligi, adolat ta’minlanadi.
“Qo’shma Shtatlar hamisha mana shu intilishlarni qo’llab-quvvatlab keladi. O’z xalqi va dunyodagi boshqalar uchun. Amerika davlatchigi asoslaridan biri ham mana shunda”, dedi Barak Obama.
AQSh prezidenti Suriyadagi voqealar haqida so’zlar ekan, Bashar al-Assad rejimining oxiri keldi, Suriya xalqining azob-uqubatlariga chek qo’yish kerak, yangi davr boshlanishi uchun, dedi.
“Erkinlik va taqdirni mustaqil belgilash yolg’iz Amerika madaniyatiga xos qadriyat emas. Bu umumbashariy qadriyat.”
Obamaning aytishicha, o’tgan bir yildan oshiq vaqt mobaynida dunyoning ko’plab davlatlarida demokratik o’zgarishlar ro’y berdi. Ba’zilarida inqilob orqali, ba’zilarida tinch yo’l bilan.