Breaking News

Braximiy: Suriyani xalos etadigan aniq reja yo’q


Halabda havo hujumida yaralangan bola. 23-sentabr, 2012-yil.
Halabda havo hujumida yaralangan bola. 23-sentabr, 2012-yil.
Faollarning aytishicha, bugun Suriya armiyasi Hims shahrini bombardimon qilib, besh kishi, jumladan, uch bolani o’ldirgan.

Londonda asoslangan huquq tashkiloti va muxolifat so’zlariga ko’ra, shahar janubida tonggi hujumlar natijasida ikki bino vayron bo’lgan. Himsda hozir ham otishma va olishuvlar davom etayotgani haqida xabarlar bor.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling


Kuni-kecha isyonkor Ozod Suriya armiyasi o’z qarorgohini Turkiyadan Suriyaga ko’chirishini ma’lum qilgan edi.

Mamlakatning oppozitsiya qo’liga o’tgan shaharlarida joylashamiz, deyiladi armiya bayonotida. Bu guruh asosan prezident Bashar al-Assaddan yuz o’girgan harbiylardan iborat bo’lib, ular poytaxt Damashqqa hujum rejalamoqda.

Kecha muxolif 16 partiya vakillari Damashqa yig’ilib, avtoritar tuzumga barham berishga da’vat etgan. Assadni yoqlovchi ikki davlat – Eron va Rossiya elchilari ham anjumanda ishtirok etgan.

BMT va Arab Ligasining Suriya masalasi bo’yicha elchisi Laxdar Braximiy mintaqaga safari yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashiga hisobot bermoqda. Braximiy shu oy prezident Bashar al-Assad va oppozitsiya bilan ko’rishib qaytgan edi.
BMT-Arab Ligasi elchisi Laxdar Braximiy
BMT-Arab Ligasi elchisi Laxdar Braximiy

Uning aytishicha, mamlakatda ahvol og’ir va kun-sayin yanada qiyinlashib borayapti. Suriyadagi tanglik faqat region emas, butun dunyo xavfsizligiga tahdid soladi, deydi u.

Mojaroni yengillatish bobida taxminiy rejalar bor, biroq ularga aniqlik kiritish lozim bo’ladi, deydi Braximiy.

Uningcha, prezident Assad vaziyatga yordam berish yo’lida biror islohot o’tkazishi gumon. Lekin muxolifat avvalgidan pishiqroq, mushtarakroq hozir va bu yurt taraqqiyoti uchun muhim, deb hisoblaydi elchi.

O’tgan yilning bahorida boshlangan qo’zg’olon va to’qnashuvlar 20 ming odamni hayotdan olib ketgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG