Breaking News

Eron iqtisodiy jazo choralarining tugatilishidan umidvor


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Xalqaro Aloqalar Kengashi tashkil etgan yig'inda, Nyu-York, 26-sentabr, 2013-yil.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Xalqaro Aloqalar Kengashi tashkil etgan yig'inda, Nyu-York, 26-sentabr, 2013-yil.
Eronlik rasmiy keyingi hafta Jenevada o’tadigan muzokaralarni imkoniyat eshigi deb atamoqda. Yadro dasturi bo’yicha sobiq muzokarachi, hozirda parlament spikeri Ali Larijoniyning aytishicha, Eron yadro dasturi bo’yicha G’arb bilan mavjud tushunmovchiliklarga barham berish mumkin.
Eron bilan yangi muloqot, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:43 0:00
Yuklab oling
Tehronlik rasmiy Ali Larijoniyning aytishicha, Eron yadro dasturi bo’yicha Jenevada bo’lib o’tadigan navbatdagi muloqot muhim ahamiyatga ega. Tehron unga jiddiy reja bilan kelmoqda, deydi u.

Uchrashuv ijobiy natija beradi, degan umiddaman, chunki Eronga iqtisodiy jazo choralarini qo’llagan mamlakatlarning o’zi siyosiy yechim topilishi tarafdori, deydi rasmiy.

“O’zgarishlar ijobiy deb ayta olaman. Agar kollektiv xohish-istak ishga tushib, siyosiy yechim topish chorasi izlansa, bu muammoni hal qilish u qadar qiyin bo’lmaydi”, - deydi Larijoniy.

G’arb nazarida, Eron yadro qurolini yaratish yo’lidan ketyapti. Tehron esa yadro tadqiqotlari faqat tinch maqsadlarni ko’zlashini aytadi.

Eron va dunyoning 6 yetakchi davlati bu haqda 2006-yildan beri tortishib keladi. So’nggi bor aprel oyida Qozog’istonda o’tgan uchrashuv ham avvalgilari kabi natijasiz yakunlandi.

O’shandan beri AQShning masala yuzadigan qarashi biroz yumshagandek. Yaqinda prezident Barak Obama Eronning yangi rahbari Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu ikki mamlakat yetakchilarining so’nggi 30 yil ichida ilk bor gaplashishi.

Kutilmagan bu yaqinlashuv Ruhoniyning BMT Bosh assambleyasi yig’inida qatnashish uchun Nyu-Yorkka qilgan tashrifi davomida ro’y berdi.

Jenevada 15 va 16-oktabr kunlari bo’lib o’tadigan muloqotda Britaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya, AQSh hamda Germaniya rasmiylari ishtirok etadi.

Almatida o’tgan oxirgi uchrashuvda Eron 20 foizlik uran boyitishni to’xtatishi va boyitilgan uranning bir qismini Xalqaro Atom energiyasi agentligi nazorati ostida uchinchi bir davlatga topshirishi tavsiya qilingan edi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Zarif yaqinda bu tavsiyaning o’z kuchini yo’qotganini va Jenevada masala yuzasidan yangi kelishuvga erishish lozimligini ta’kidladi.

Larijoniyga ko’ra, iqtisody jazo va kuch ishlatish tahdidlari qo’llanilganiga qaramay, Eron G’arb talablariga bo’ysunmasdan, yadro dasturini kengaytirishda davom etgan.

“Jazo qo’llash va kuch ishlatish orqali Tehronni tiz cho’ktiramiz, deb o’ylaganlar endi shuni anglab yetyaptiki, Eron bunday choralarga taslim bo’lmaydi. Bugun biz tinchlik yo’lida yanada ilg’or yadro texnologiyasiga egamiz”, - deydi rasmiy.

Tehron AQSh va boshqa g’arb davlatlari tomonidan iqtisodiy jazo choralarining bekor qilinishini istaydi. Ammo AQShning ma’lum qilishicha, Jeneva muloqoti paytida ham sanksiyalar amalda bo’ladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG