Breaking News

Iroq xavfsizlik kuchlari Anbarda "Islomiy davlat"ga qarshi amaliyot boshladi


Iroq hukumat kuchlari Jurf al-Saxarda, 24-may, 2015-yil
Iroq hukumat kuchlari Jurf al-Saxarda, 24-may, 2015-yil

Iroq hukumati Anbar viloyatidagi hududlarni qo'lga kiritgan "Islomiy davlat"ga qarshi amaliyot boshlangani haqida ma'lum qildi. 10 kun oldin jangarilar viloyat poytaxti Ramadini ishg'ol qilgan. O'shandan beri armiya va hukumatga xayrixoh kuchlar hujumga tayyorgarlik ko'rgan.

Ramadi poytaxt Bag'doddan 110 kilometr narida joylashgan bo'lib, jangarilar Anbar viloyatining katta qismini, jumladan Falluja kabi yirik shaharlarni nazorat qilib kelmoqda. Viloyat Iordaniya, Suriya va Saudiya Arabistoni bilan chegaradosh.

Iroq Bosh vaziri Haydar Abadiy Ramadini bir necha kun ichida jangarilardan tozalashga va'da berdi.

Kecha AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden Abadiy bilan telefon orqali gaplashgan. Bayden AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karterning tanqidiy so'zlaridan so'ng sovishni boshlagan aloqalarni yumshatishga harakat qilgan. Karter Ramadidan chekingan Iroq kuchlarini irodasizlikda ayblagan.

Oq uyning aniqlik kiritishicha, Karter umuman Iroq armiyasi haqida emas, balki faqat Ramadidagi janglarni nazarda tutgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG