Breaking News

Iroqda shialarga qarshi xurujlarda 70 dan ziyod odam o’ldi


Bag'dodagi manzara, 13-iyun, 2012-yil
Bag'dodagi manzara, 13-iyun, 2012-yil
Iroqda shialar diniy marosimni nishonlar ekan, bugun bir necha shaharda portlashlar sodir etilgan.


Amerika askarlari dekabrda ketganidan beri eng qonlisi deya ko’rilayotgan hujumlar 72 odamni hayotdan olib ketgan, 250 dan ziyod fuqaro jarohatlangan.

Bag’dod va uning tevaragida 19 nafar shia ziyoratchi jon bergan. Shimolda ham asosan shialar yashovchi Balad shahrida mashina portlab, yana besh kishi hayotdan ko’z yumgan. Xilla, Kirkuk, Toji, Baquba, Aziziya va Karbalo shaharlari nishonga olingan.

Bu sunniy jangarilar ishi deya taxmin qilinmoqda. Iroqda eng dahshatli 2006-2007-yillar bilan qiyoslaganda vaziyat yaxshi, biroq xurujlar ro’y berib turadi.

Sunniy, shia va kurd partiyalar qattiq tortishib qolgan va koalitsion hukumat bo’linib ketish arafasida turgan bir paytda Iroq yana mazhablararo adovat girdobiga tortiladi degan xavotir bor.


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG