Bugun Iroq poytaxti Bag’dod va shimoldagi shaharlarda portlashlar 29 odamni hayotdan olib ketgan.
Mazhablararo adovat avj olayotgan mamlakatda yil boshidan beri sodir etilgan eng qonli hujumlar.
Kirkuk shahrida Kurdiston demokratiya partiyasi idorasi yaqinida mashina portlab, kamida 15 fuqaro nobud bo’lgan.
Yaradorlar 100 dan ziyod ekani ma’lum. Oradan ko’p o’tmay hududda yana bir xuruj ro’y bergan.
Shimoldagi shahar rasmiy Bag’dod va avtonom Kurdiston regioni o’rtasidagi hududiy bahs markazi hisoblanadi.
Tuz Hurmato shahrida boshqa bir kurd partiyasi ofisi yonidagi portlash uch odamni o’ldirgan. Bag’dod, Bayji, Havija va Tikrit shaharlarini ham xurujlar larzaga solgan.
Iroqda qonli kun: