Breaking News

O'z davlatini qurishga urinayotgan kurdlar rahbari ishdan ketadi


Iroq Kurdistoni prezidenti Masud Barzaniy lavozimidan ketishini tasdiqlamoqda. Uning vakolatlari vaqtincha bosh vazir, parlament va adliya organlariga topshiriladi.

Iroq shimolidagi avtonom hududni 2005-yildan beri boshqarib kelgan arbob qayta saylanish niyati yo'qligini parlamentga ma'lum qilgan.

Sentabrda kurdlar Iroqdan ajralib chiqish uchun referendumda ovoz bergan edi. Bag'dod natijani tal olmadi va kurdlar nazoratida bo'lgan hududlarga qo'shin yuborib, neft konlarini tortib oldi. Kirkuk shahri markaziy hukumatga boy berilgani ketidan Masud Barzaniyga nisbatan tanqidlar kuchaygan.

Kirkuk atrofidagi harbiy amaliyotlar sabab 1-noyabrga belgilangan prezident va parlament saylovlari ham qoldirilgan.

Kurd hukumati referendum natijasini "muzlatib", Bag'dod bilan muloqot qilishga rozi. Ammo Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy taklifni rad etgan. Mamlakat yaxlit bo'lib qoladi, deydi u.

Iroq armiyasi kurdlardan tortib olgan hududlarni yaqingacha "Islomiy davlat" jangari guruhi boshqarar edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG