Breaking News

Iroq Kurdistoni mustaqil davlat bo'lish uchun referendum o'tkazdi


Mintaqa davlatlari va AQSh tanqidiga qaramasdan, Iroq Kurdistoni aholisi mustaqil davlat bo'lish uchun tarixiy referendumga chiqdi. Iroq hukumati tadbirni konstitutsiyaga zid, deya qoralamoqda.

Agar ko'pchilik "ha" deb javob bergan bo'lsa, kurd rahbariyati Iroq tarkibidan chiqish uchun muzokaralar boshlaydi. Kurdlar, Yaqin Sharqda to'rtinchi eng katta etnik guruh, Iroq aholisining 15-20 foizini tashkil etadi.

"Bu kunni 100 yil kutganmiz. O'z davlatimizga ega bo'lishni istaymiz. Bugun kurd xalqi uchun bayram", - deydi Irbilda saylovchilardan biri.

Dunyo yetakchilari referendum zo'ravonlik yoki qurolli mojaroga yetaklaydi, deya kurd rahbariyatini referendumni qoldirish yoki bekor qilishga undagan edi. Iroq hukumati mamlakat yaxlitligini saqlab qolish uchun barcha chorani ko'rishini ta'kidlamoqda.

Kurd rahbarlarining javobi shuki, mustaqillik uchun ovoz berish jinoyat emas.

"Agar yakkalanib qolgan millat mustaqillikka erishish yo'lida barbod bo'lsa, biz tavakkal qilishga tayyormiz. Qisqa mojarolar chiqishi mumkin, lekin amalda emas faqat so'zda", - deydi Kurdiston Prezidenti Mas'ud Barzaniy.

Poytaxt Irbilda referendumga qarshi biror odamni uchratmaysiz.

"Ertangi kundan qo'rqmaymiz. Dunyo o'zgarib, rivojlanib bormoqda. Orqaga yo'l yo'q", - deydi Mas'ud ismli kishi.

Kurdlar o'z davlatini barpo etish uchun kelasi yil mobaynida Iroq hukumati bilan muzokara qilishini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG