Breaking News

Iroqda jurnalistlarga bosim oshib borayapti


Iroqda jurnalistlar tobora ko’proq cheklov va tazyiqlar bilan yuzlashayapti. Shunga qaramay ayrim ommaviy axborot vositalari xolis ma’lumot uzatishda davom etmoqda.

Iroqda jurnalistlar bosim ostida/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:42 0:00
Yuklab oling

Al-Bag’dodiya televideniyesining studiyasida jonli efir. Murtada Muhammad Ali Iroq poytaxtida madaniy yig’inni yoritishda muxbirlar yuzlashayotgan muammolar haqida so’zlayapti.

Al-Bag’dodiya mamlakat siyosiy hayoti, korrupsiya, ayniqsa, kelasi oyga belgilangan saylovlarga tayyorgarlikni keng yoritmoqda. Kanal boshlig’i Muhammad Xanun Karim oxirgi uch yilda ikki marta yopilishga majbur bo’ldik, deydi.

“Aksariyat xodimlarimiz qamoqqa olingan, xavfsizlik xizmati tomonidan izza qilingan. Masalan, biror joyda portlash ro’y bersa, borib yoritishimizga ruxsat berishmaydi. Boshqa payt o’zlariga kerak bo’lganida ataylab chaqirishadi”, - deydi u.

Ziyod al-Ajili matbuot erkinligi darajasini kuzatuvchi tashkilotda ishlaydi. Uning aytishicha, kundalik voqealarni qalamga olish uchun jurnalistlar bir necha ruxsatnoma olishi kerak.

“Ommaviy axborot vositalari erkinligi haqida har yili hisobot chop etamiz. Oxirgi bir yil har qachongidan og’ir keldi. Hukumat jurnalistlarni siquvga olish, ayniqsa, chet el matbuotining erkin ishlashiga yo’l qo’ymaslik uchun yangi qonunlar joriy etdi”, - deydi u.

Masalan, videolarning birida politsiya teleoperatorni kaltaklayotganini, holbuki, u muxbir ekanini qayta-qayta aytayotganini ko’rish mumkin.

Faollarga ko’ra, so’nggi 10 yilda Iroqda 140 dan ziyod jurnalist o’ldirilgan. Bu jahonda eng katta ko’rsatkichlardan.
Biror joyda portlash ro’y bersa, borib yoritishimizga ruxsat berishmaydi. Boshqa payt o’zlariga kerak bo’lganida ataylab chaqirishadi.


Dibras al-Ma’muriy iroqlik jurnalist ayollar forumini ta’sis etgan. Uning aytishicha, jurnalist xotin-qizlarga qiyinroq. Ular ham xavfsizlik xizmati, ham erkak hamkasblar tomonidan kamsitiladi.

“Iroq jamiyatida ayolni past tabaqali insonday ko’rishadi. To’laqonli mutaxassis deb bilishmaydi. Tahqirlashadi, erkin ishlashiga yo’l qo’yishmaydi. Ayollar faqat uyga qarashga yaraydi, deb o’ylashadi”, - deydi u.

Al-Bag’dodiya telekanali muxbiri Muhammad Karim xolis axborot uzatish kam uchraydi, deydi.

“Iroqlik jurnalistlarning 90 foizi qandaydir ideologiya, siyosiy va diniy qarashga tayanadi. Xolis ma’lumot uzatayotganlar sanoqli. Aynan shular hukumatga yoqmaydi”, - deydi u.

Faollar esa jurnalist kasbini bajara olishi uchun qonunlar ishlashi, ommaviy axborot vositalari himoya qilinishi zarur, deydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG