Breaking News

Mosulda 40 minggacha askar qoladi


Mosul, Iroq
Mosul, Iroq

Iroq armiyasi Mosul shahrini "Islomiy davlat" guruhidan qaytarib olish payida ekan, koalitsiya rasmiylarining aytishicha, shahar xavfsizligini ta'minlash, jangarilarni yo'latmaslik uchun keyinroq 45 ming askar kerak bo'ladi.

Mosul uchun hal qiluvchi janglar ikki haftadan so'ng boshlanishi kutilmoqda. Iroq xavfsizlik kuchlari jangga hozirlikni yakunlamoqda.

Iroq qurolli kuchlarining 12 brigadasi Mosul uchun kurash oldidan tayyorgarlikdan o'tayapti. Iroqning aholisi eng ko'p bu shahri 2014-yildan beri "Islomiy davlat" nazoratida qolmoqda.

Armiya Mosulda o'rnashib olgan minglab jangarilar bilan olishishi kerak bo'ladi.

"G'alabagacha kurashamiz, - deydi koalitsiya vakili, general Deyv Anderson. - Boshqa yo'l yo'q".

Ayrimlar nazarida Iroq qurolli kuchlari shay holatga kelishi uchun yana ikki hafta kerak. Bu harbiylar hozirning o'zida Iroqning boshqa shaharlarida band.

"Harbiylar qo'shimcha mashqdan o'tayapti. Ular shundoq ham nihoyatda kuchli, malakali", - deydi general Anderson.

Koalitsiya nazarida "Islomiy davlat" Mosulda yengilishi aniq. Jang tugagach ham shaharda 30-45 minggacha askar qolib, xavfsizlikni ta'minlashda davom etadi.

"Bu kuchlar mahalliy askarlardan iborat ekani juda muhim. Mosul ahli ham buni biladi", - deydi general.

Mosul xavfsizligini Nayneva viloyati politsiyasi va ittifoqchi jangchilar ta'minlashi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG