Breaking News

Iroq prezidenti: Yo biz "Islomiy davlat"ni yengamiz yoki ular bizni


Arxiv surat. Iroq Prezidenti Muhammad Fuad Ma'sum BMT Bosh Assambleyasida so'zlamoqda, Nyu-York, 26-sentabr, 2014-yil
Arxiv surat. Iroq Prezidenti Muhammad Fuad Ma'sum BMT Bosh Assambleyasida so'zlamoqda, Nyu-York, 26-sentabr, 2014-yil

Iroq Prezidenti Fuad Ma'sumning aytishicha, "Dayesh"ni ("Islomiy davlat" ning arabcha nomi) yengish oson bo'lmaydi, chunki ularning nafaqat Iroq, balki boshqa mamlakatlarda ham sukut saqlab turgan a'zolari bor.

"Ularga qarshi kurash bir necha frontda olib boriladi. Biri - jang maydonida. Boshqasi esa jangarilarni moliya manbalaridan ayirishdan iborat. Buning uchun boshqa mamlakatlar razvedkalari o'zaro hamkorlik qilishi, ma'lumot almashishi kerak", - deydi u.

Fuad Ma'sum prezidentlikka o'tgan yil iyulida saylangan. O'shanda "Islomiy davlat" Iroqda hududlarni endi qo'lga kirita boshlagan edi.

Iroq rahbari qo'shni Eronning jangari guruhga qarshi kurashdagi hissasiga ham to'xtaldi.

"Eron gumanitar yordam uzatishdan boshladi. Sinjar kabi joylarga suv, oziq-ovqat yubordi. Mutaxassislarini ham Iroqqa safarbar etdi. Bizga qurol-yarog', o'q-dori ham berdi. Tehron "Dayesh" Iroqni egallasa, Eronga tahdid solishini anglab turibdi. Turkiya bu tahdiddan xoli emas. Ko'plab boshqa qo'shni mamlakatlar ham. Shuning uchun barchasi o'z xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib Iroqqa yordam qo'lini cho'zishi zarur", - deydi Fuad Ma'sum.

"Iroq hukumati jangari guruh bilan muzokaraga tayyormi" degan savolga mamlakat prezidenti "agar bu siyosiy guruh bo'lganida edi, uning vakillari bilan o'tirib gaplashardik, bir yechimga kelardik" deydi.

"Biroq bu siyosiy guruh emas va o'zidan boshqa siyosiy guruhlar yoki tizimlarni tan olmaydi. "Dayesh" bilan kurash so'nggi nafasgacha olib boriladi - yo biz ularni yengamiz yo ular bizni", - deydi Iroq Prezidenti Fuad Ma'sum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG