Breaking News

AQShning so'nggi jangovar askari Iroqni tark etdi


Iroqni tark etayotgan so'nggi amerikalik askarlar, 18-dekabr, 2011-yil
Iroqni tark etayotgan so'nggi amerikalik askarlar, 18-dekabr, 2011-yil

AQSh-Iroq kelishuviga ko'ra yil oxirigacha chiqarilishi kerak bo'lgan Amerika askarlarining so'nggi kolonnasi bugun mamlakatni tark etdi. Bir necha yuz kishidan iborat harbiylar karvoni qo'shni Quvaytga yo'l oldi. Iroqda AQSh elchixonasini qo'riqlash uchun yuzdan ortiq askar qolgan xolos.

Shu bilan salkam to'qqiz yillik urush nihoyasiga yetdi. AQSh 4500 askaridan ayrildi. O'n minglab iroqliklarning yostig'i quridi. Urush avjiga chiqqan payt Iroqda AQShning 170 mingdan ziyod askari bo'lib, ular 500 dan ortiq bazalarda joylashgan edi.

Urush tanqidchilariga ko'ra, Amerika istilosi oqibatida mamlakat vayron bo'lib, urush minglab odamlarni beva-bechora, yetim-yesir qildi, mazhablararo zo'ravonlik Iroq xalqlarini bo'lib qo'ydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG