Iroqda xavfsizlik bo’yicha vaziyat 2008-yildan beri eng og’ir holatda. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakat rahbarlarini muammoning asl sabablariga qarshi kurashishga chaqirdi.
BMT yetakchisi dushanba kuni Bag’dodda Iroq bosh vaziri Nuri al-Malikiy bilan uchrashdi. Keyinroq uning boshqa rasmiylar bilan ham ko’rishishi kutilmoqda.
Pan Gi Mun Iroqda vaziyat og’irlashayotganidan va ko’plab tinch fuqarolarning halok bo’lganidan jiddiy tashvishda ekanini izhor qildi. Uning aytishicha, muammoni yechishda siyosiy muloqot orqali mamlakatning barcha ijtimoiy qatlamlari qamrab olinishi kerak.
Malikiy bilan uchrashuvda BMT rahbari Iroq xavfsizligi, siyosiy vaziyat va aprel oyida o’tadigan parlament saylovlariga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgan.
Shuningdek, avtonom kurd hukumati, Quvayt va Suriya bilan aloqalar haqida ham fikr almashilgan.
Iroq 220 ming suriyalik qochqinga boshpana bergan. Pan Gi Mun buning uchun Malikiyga minnatdorchilik izhor qildi. U, shuningdek, BMTga a’zo barcha davlatlarni yana bir bor Suriya qochqinlariga boshpana va moddiy yordam berishga chaqirdi.
Iroq rasmiylari mamlakatda zo’ravonlikning kuchayishini Suriyadagi fuqarolar urushiga bog’laydi. Suriyadagi ixtilof butun mintaqa bo’ylab mazhablararo ziddiyatni kuchaytirib yuborgan.
Pan Gi Munning Iroq safari mamlakatda jangari guruhlar va sunniy aholi markaziy hukumatga qarshi bosh ko’targan bir paytga to’g’ri keldi.
Malikiy Falluja shahriga o’rnashib olgan jangarilarga qarshi harbiy hujum boshlashdan oldin ularning mahalliy sunniy aholi tomonidan surib chiqarilishi uchun vaqt berishini aytdi.