Breaking News

Iroq armiyasi jangarilarni yirik shahardan haydadi


Beyji yozdan beri "Islomiy davlat"ning nazoratida edi.
Beyji yozdan beri "Islomiy davlat"ning nazoratida edi.

Iroq rasmiylarining aytishicha, armiya "Islomiy davlat" jangarilarini Bag'dod shimolidagi neftga boy Beyji shahridan haydab chiqarishga muvaffaq bo'lgan.

Shahar bir necha oy oldin shimol va g'arbdagi bir necha manzillar qatori jangarilar qo'liga tushgan edi.

Bayji yana bir yirik shahar - Mosulga yetaklovchi katta yo'l yoqasida joylashgan. Mosul shu yilning iyulidan buyon "Islomiy davlat" jangarilari nazoratida.

Amerika Mudofaa vaziri Chak Xeyglning aytishicha, mahalliy armiya kuchga to'lgani sari AQSh boshliq koalitsiya jangarilarni bundan keyin ham havodan bombardimon qilishda davom etadi. Pentagon rahbari kecha Kongressdagi qo'mitada qonunchilar savollariga javob berdi.

Xeygl nazarida koalitsiya Iroq va Suriyada olg'a siljiyapti, lekin AQSh jamoatchiligi bu kurash uzoqqa davom etishiga tayyor turishi kerak.

Xeygl va general Martin Dempsi payshanba kuni Qurolli kuchlar qo'mitasida so'zladi.

Dempsining aytishicha, kelgusida Amerikaning kamsonli piyoda qo'shinlari Iroqqa jo'natilishi ehtimoldan xoli emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG