Breaking News

Vahshiyliklar "Islomiy davlat" tarafdorlari kamayishiga hissa qo'shmoqda


Mayakan ISIL Sun YIwa sojojin Siriya Kisan Gilla, Nuwamba 17, 2014.
Mayakan ISIL Sun YIwa sojojin Siriya Kisan Gilla, Nuwamba 17, 2014.

AQSh razvedkasi rasmiylarining aytishicha, "Islomiy davlat"ning vahshiyliklari va qatliomlarni dunyoga "ko'z-ko'z" qilishi guruh tarafdorlarining kamayishiga hissa qo'shmoqda.

Sekin bo'lsa-da, guruh o'ziga o'zi eng katta dushman ekanini isbotlamoqda, deydi Milliy xavfsizlik idorasi direktori Jeyms Klepper.

Nyu-Yorkdagi Tashqi aloqalar kengashida so'zlagan Klepperning aytishicha, oxirgi oylarda jangarilarga kelayotgan xayriya miqdori keskin kamaygan.

"Islomiy davlat" chetdan olayotgan moliyaviy ko'mak miqdori o'tgan yilgi jami daromadining bir foizini ham tashkil etgani yo'q", - deydi u.

Unga ko'ra, AQSh yordamida Yaqin Sharq mamlakatlarining nazoratni kuchaytirgani jangarilarga tashqi ko'mak kamayganining sabablaridan biri.

Ammo guruh xayriya pullaridan tashqari, talonchilik, reket, neft savdosi va garov pullari orqali katta daromad qiladi.

Klepperning aytishicha, jangarilarning mablag'ini to'sish bilan muammo hal bo'lmaydi. Eng katta qiyinchilik ularning mafkurasini yengishda; chunki musulmon dunyosida AQShga munosabat yaxshi emas, deydi u.

Klepper "Islomiy davlat"ni yakson qilish Suriyada yanada qiyinroq ekaniga urg'u berdi. Iroqdan farqli o'laroq, AQSh Suriya chegarasi ichida faol harakat qila olmaydi, deydi AQSh rasmiysi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG