Breaking News

"Islomiy davlat"ning qo'lida kimyoviy qurol bo'lishi mumkin


Iroqning Ramadi shahri
Iroqning Ramadi shahri

Qo'shma Shtatlar "Islomiy davlat" to'dasining qo'lida kimyoviy qurol bor ekani haqidagi taxminni tekshirayapti.

Germaniya tomonining ogohlantirishicha, jangarilar Iroqda hafta boshida kurd jangchilariga qarshi zaharli gaz ishlatgan bo'lishi mumkin.

Germaniya Mudofaa vazirligi kurd jangchilarini mashqdan o'tkazib keladi.

Vazirlikning bildirishicha, chorshanba kungi olishuvlar oqibatida askarlarda kimyoviy qurol asoratlariga o'xshash alomatlar aniqlangan.

Oq uy Davlat xavfsizligi kengashi so'zlovchisi Alistar Baski bu borada qo'shimcha ma'lumot qidirayapmiz, deydi. Xavotirlarni jiddiy qabul qildik, deydi u.

Vashington taxminicha, jangarilar qurolni Suriyadan topgan bo'lishi mumkin.

Iroqda "Islomiy davlat" nomli bu jangari guruhga qarshi kurashda kurdlarning peshmerga askarlari hal qiluvchi rol o'ylamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG