Breaking News

Suriya kimyoviy quroli ekstremistlar qo'liga tushsa

AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauerning aytishicha, Suriyada qolayotgan kimyoviy qurol ekstremistlar qo’liga tushishi mumkin.

Vahshiyona qotilliklarni sodir etayotgan jangarilar bu qudratli qurol bilan nimalarni qilishi mumkin ekanini o’ylab odam dahshatga tushadi, deydi Pauer.

Diplomat BMT Xavfsizlik Kengashidagi yig’ilishdan keyin so’zladi. Majlisda BMTning Suriyadagi kimyoviy qurolni yo’q qilish uchun mas’ul missiyasi rahbari Sigrid Kaag hisobot bergan.

Kaagning aytishicha, Suriyada rasman ro’yxatdan o’tgan kimyoviy qurolning 96 foizi yo’q qilib bo’lindi. Lekin Suriya hukumati ixtiyoridagi hamma qurolni oshkor qilganmi-yo’qmi, noma’lum. BMT missiyasi mulozimi tez kunda yana Damashqqa yo’l olishi kerak.

Suriya rahbariyati AQSh havo hujumlarining oldini olish uchun o’tgan yili BMTga o’z kimyoviy qurolini yo’q qilishga ruxsat bergan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG