Breaking News

"Islomiy davlat" tahdid uzoq davom etadi, deydi amerikalik jurnalist


"Islomiy davlat" terror guruhi
"Islomiy davlat" terror guruhi

Iroqda ikki yil oldin jangarilar bosib olgan Musul shahrini ozod etishga qaratilgan amaliyot davom etmoqda. Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlansa, “Islomiy davlat” terror guruhi yaratgan xalifalikning poytaxti, Suriyaning Raqqa shahriga hujum uyushtirilishi kutilmoqda. Bu haqda seshanba kuni AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter so’zlagan.

Biroq soxta xalifalik parchalangani bilan “Islomiy davlat” yo’qolib ketmaydi, deydi adabiyot uchun Pulitser sovrini laureati, “Islomiy davlat” haqida kitob yozgan amerikalik jurnalist Jobi Uorrik.

Unga ko’ra, jangarilar Musulni qo’ldan boy bersa ham kuchini saqlab qoladi.

"Bu bir g’oya, bir mafkuradir. Unga qarshi kurashga hali ko’p yillar ketadi deb qo’rqaman”, - deydi u.

Muallif nazarida, AQShning Iroqqa qarshi urushi “Islomiy davlat”ning yaralishiga olib keldi.

"Agar Saddam Husaynni tinch qo’yib al-Qoidaga qarshi kurashganimizda edi, tarix boshqa yo’ldan ketgan bo’lardi", - deydi u.

Uorrikning aytishicha, “Islomiy davlat” terrorizm tushunchasiga boshqacha ma’no berdi.

"Tahdid jihatdan “Islomiy davlat” al-Qoidadan ham o’tib ketdi, chunki Daish o’zgacha usullarni qo’lladi. Odamlarning qatl etilishi tasvirlangan video va suratlar, ularning kundalik ravishdagi razillik va jaholatlari amerikaliklar ruhiyatiga ta’sir qildi”, - deydi jurnalist.

Uorrikning xavotir olishicha, “Islomiy davlat” saflarida jang qilish uchun unga turli mamlakatlardan qo’shilgan minglab odamlar xalifalik qulaganidan so’ng o’z mamlakatlariga qaytib, jiddiy tahdid solishi mumkin.

Xalqaro hayot - 26-oktabr, 2016-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:01 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG