Breaking News

“Islomiy davlat” hali-beri yengiladigan emas


"Islomiy davlat" qanchalik zaiflashgan?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

"Islomiy davlat" qanchalik zaiflashgan?

Sekinlik bilan bo’lsa-da, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning o’zini “Islomiy davlat” deb atagan ekstremistik guruhga qarshi operatsiyasi samara bermoqda.

Bugunga kelib guruh bosib olgan hududlar taxminan 25 foizga qisqargan, uning asosiy daromad manbai bo’lib kelgan neft konlari havo hujumlarida yo’q qilingan.

“Islomiy davlat”dan shahar-qishloqlar tortib olingan joylarda shodiyonalarni ko’rish mumkin. Terrorizm masalasi bo’yicha ekspertlar nazarida esa g’alabani nishonlaydigan payt emas hozir.

“Guruh yemirilyapti demagan bo’lardim. Iroqning Mosul va Suriyaning Raqqa shaharlari jangarilar nazoratida ekan, ulardan qo’rqinch kuchli. Mana shu ikki shahar ozod etilsa, “Islomiy davlat”ga kuchli zarba bo’ladi”, - deydi Brukings instituti olimi JM Berger.

U va boshqa tahlilchilarga ko’ra, Iroq armiyasi hamda kurd qurolli kuchlari olib borayotgan operatsiyalar natijasida jihodchilar ta’zirini yeyapti, lekin yengiladigan darajada emas.

“Islomiy davlat” safini tark etayotganlar bor, ayrimlari o’ldirilyapti, degan gaplar ko’p hollarda bo’rttirilgan.

“O’z a’zolarini qatl etishi zaiflikdan darak emas. Bu totalitar tuzum ekanini ko’rsatadi. Ularning boshqaruv usuli shu”, - deydi Urushlarni o’rganish institutidan Kristofer Harmer.

Uning fikricha, “Islomiy davlat”ni muayyan hududdan siqib chiqarish bilan ham ish bitmaydi.

“Ular qo’lbola bombalar, turli portlovchi moslalamar va suiqasd xurujlaridan mohirona foydalanadi. Yodingizda bo’lsa, Iroqda AQSh harbiylari aynan shu sabab ancha jabr ko’rgan edi. Hozir “Islomiy davlat”ga qarshi kurashayotgan guruhlar ham shu ahvolda”.

AQSh Markaziy razvedka agentligi rahbari Jon Brennan urush samarasi haqida shunday deydi:

”Islomiy davlat” ilgarigidek ishonch bilan, dadil harakat qilmayapti. Bunga kuchi yo’q. Lekin yengilgan emas”.

Xavotir shundaki, ekstremistlar burchakka taqalgan sari urush yanada xavfli va qonli tus olishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG