Breaking News

"Islomiy davlat" yangi hududlarni egallamasa, moliya kamayadi


"Islomiy davlat" yangi hududlarni qo'lga kiritmasa, moliyaviy jihatdan zaiflashadi.

Fransiyada joylashgan "Moliyaviy harakat ishchi kuchi" nomli tashkilot shunday xulosa qilmoqda. Unga ko'ra, Iroq va Suriyadagi katta hududlarni nazorat qiluvchi tizimning moliyaviy imkoniyatlarini qirqish uchun hali ko'p ish qilish kerak.

Guruh daromadining katta qismini mahalliy manbalardan reket va jinoyatchilik yo'li bilan qo'lga kiritadi, deyiladi juma kuni e'lon qilingan hisobotda.

Ekstremist guruh shu paytgacha neft konlarini egallash, banklarni o'g'irlash, dehqonlarning pulini tortib olish, garov evaziga odam o'g'irlash hamda xorijdan keluvchi ehsonlar evaziga o'z amaliyotlarini moliyalab kelgan.

"Moliyaviy harakat ishchi kuchi" taxminicha, jangari guruh 2014-yilda davlat banklarini o'marish orqali yarim milliard dollar mablag'ni qo'lga kiritgan.

AQSh rahnamoligidagi xalqaro koalitsiya "Islomiy davlat"ni zaiflashtirish va yo'l qilishga qaratilgan amaliyotlarni amalga oshirmoqda.

Tinimsiz havo hujumlari hamda mahalliy kuchlar ishtirokidagi hujumlar oqibatida guruhning yangi hududlarni egallashi qiyin kechayotgani aytiladi. Koalitsiya jangarilarning moliyaviy manbalarini yo'q qilishga ham alohida e'tibor qaratmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG