Isroil G’azo sektoriga olib boradigan yo’llarni yopib, bu hududda hukmron XAMAS guruhiga qarshi harbiy operatsiyani davom ettirmoqda.
XAMAS boshqarmasi joylashgan kompleks nishonga olingan. Tinimsiz o’qlar yog’ilayotgani haqida ma’lumotlar bor.
Bugunning o'zida Isroil G'azoga qarata 200 raketa otgan. Uning mudofaa tizimlariga ko'ra esa falastinliklar o'tgan uch kunda 250 dan ortiq raketa hujumi qilgan.
Yahudiy tomon 75 ming askar safarbar etmoqda. Tanklar chegarada.
Quddus yaqinida XAMAS kuchlari va Isroil qo’shinlari olishgan. Falastinliklar raketa hujumlariga zo’r berishini, o’zini himoya qilishga shay ekanini qayd etmoqda.
To’rt kun boshlangan olishuvda hozirgacha 40 dan ortiq falastinlik va uch isroillik halok bo’lgan.
Tunis Tashqi ishlar vaziri Rafiq Abdusalom va Misr bosh vaziri Hisham Kandil G’azoga safar qilib, vaziyat bilan tanishgan. Bu davlatlar Xamas va Isroilni o’zaro hujumlarni bas qilishga undamoqda.
Misr prezidenti Muhammad Mursiy Isroilni insoniyatga qarshi agressiyada ayblamoqda. Yahudiy davlatining qo’shnisi sifatida qattiq xavotirda ekanini ta’kidlamoqda.
Amerika rahbari Barak Obama Qohiraga telefon qilib, prezident Mursiy bilan so’zlashgan.
Vashington vaziyatni xavotir bilan kuzatmoqda va tinchlik tarafdori, deya bildiradi Oq Uy.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu XAMASni tinimsiz raketa xurujlarida ayblar ekan, “terror guruhiga keraklicha zarba bermaguncha operatsiya tugamaydi”, - deydi.
Netanyaxu Obama bilan telemuloqot qilgan. “Amerika bergan harbiy yordam sabab aholi tinchligini ta’minlayapmiz”, - deydi u.
14-noyabr kuni Isroil G’azoda XAMAS harbiy qo’mondoni va uning o’g’lini o’ldirgan. Bu, deya bildiradi yahudiy davlati, guruhning raketa hujumlariga javob.
Xamas esa qasos olishga tayyor ekanini aytmoqda. Isroil o’zi uchun do’zoh darvozalarini lang ochdi, deya ogohlantirmoqda XAMAS rahbarlari.
XAMAS (Hamas) arabchada "ishtiyoq" degan ma'noni anglatadi. Tashkilotning to'liq nomi: Harakat ul Muqavvama al Islomiyya, ya'ni Islomiy Qarshilik Harakati.
Xamas o'zini adolat uchun kurashayotgan siyosiy partiya deb biladi va shu shior ostida G'azoda, ko'pchilik ovozi bilan, hokimiyatga kelgan.
Amerika, Yevropa Ittifoqi, Kanada va Yaponiya XAMASni terror guruhi deb biladi. Arab davlatlari, Rossiya, Turkiya singari mamlakatlar nazarida esa unday emas.