Breaking News

Konfederatsiya Isroil va Falastin uchun yechimmi?


Yaqin Sharq tinchlik muloqotini jonlantirishga qaratilgan ko’p yillik samarasiz harakatlar ketidan Isroil va Falastindagi ayrim siyosiy arboblar konfederatsiya tuzish g’oyasini ilgari surmoqda.

Salkam 100 sahifalik taklifga Isroil va Falastin rahbarlari hozircha munosabat bildirgani yo’q, biroq ayrim kuzatuvchilar fikricha, undan qator munozarali masalalar o’rin olgan. Taklif kelasi hafta AQSh rasmiylari va BMT bosh kotibiga taqdim etilishi kutilmoqda.

Xalqaro hayot - 7-fevral, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:32 0:00

Unga ko’ra, Isroil 1967-yilgi urushda tortib olgan G’arbiy Sohil, G’azo va sharqiy Quddusning aksariyati mustaqil Falastin davlatiga o’tadiss, har ikki mamlakat alohida hukumatga ega bo’lsa-da, ularning aholisi uchun muhim bo’lgan xavfsizlik, infratuzilma va boshqa masalalarda eng yuqori darajada maslahatlashib siyosat yuritiladi.

Rejada istilodagi G’arbiy Sohilda o’rnashgan salkam 500 ming yahudiyga u yerda qolishga ruxsat beriladi, G’arbiy Sohilning ancha ichkarisida yashayotgan yahudiylar esa Falastinda qolish yoki u yerdan ko’chish imkoniga ega bo’ladi.

1948-yilgi urushdan keyin qochqin bo’lib kelgan falastinliklarga Isroilga ko’chib, u yerda Falastin fuqarosi sifatida doimiy yashash huquqining berilishi ko’zda tutilgan.

Tashabbus 2003-yilda Isroil va Falastinning ko’zga ko’ringan vakillari tomonidan tayyorlangan “Jeneva bitimi” asosida ishlab chiqilgan.

Isroil G’arbiy Sohilni diniy va tarixiy markazi deb bilarkan, so’nggi yillarda hududda yahudiy aholi punktlari ko’paygan. Falastin esa xalqaro hamjamiyat noqonuniy deb ko’rayotgan ushbu punktlarni tinchlikka g’ov deb biladi.

Yangi rejaga ko’ra, G’arbiy Sohil ichkarisidagi yahudiylar Isroilga ko’chishni istamasa, bo’lajak Falastin davlati tarkibida qoladi, ammo kuzatuvchilarning aytishicha, yahudiy ko’chmanchilarning bu qismi o’ta radikal bo’lib, hududiy bo’linishga qarshi chiqadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG