Breaking News

Davlat departamenti: Netanyaxuga qaratilgan tanqid noo'rin


Des résidents attendent près d'un building, dans la ville de Pedernales, Équateur, 17 avril 2016.
Des résidents attendent près d'un building, dans la ville de Pedernales, Équateur, 17 avril 2016.

Davlat departamentining bildirishicha, AQSh rasmiylaridan birining Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni tanqid qilib aytgan gaplari "noo'rin".

Davlat departamenti so'zlovchisi Jen Psaki bu tanqid hech bir tomonga foyda keltirmaydi, aksincha, ishni orqaga suradi, deydi.

AQShdagi nashrlardan biri shu hafta ismi keltirilmagan mahalliy rasmiyning so'zlarini bosib chiqargan, unda Netanyaxu qo'rqoq siyosatchi deya ta'riflangan edi.

Netanyaxu nazarida esa shaxsiyatga qaratilgan bu kabi tanqidlar uning Isroil davlati manfaatlarini himoya qilayotganiga javobdir. Isroil davlatiga ziyon qiluvchi siyosat yuritmayman, uning yerlarini boshqaga bermayman, deydi u.

Qo'shma Shtatlar Isroilni Falastinga tegishli hududlarda yahudiylar uchun uy-joy qurishdan tiyilishga undab keladi.

Seshanba kuni Netanyaxu Sharqiy Quddusda yana mingta yangi imorat qurish rejasini e'lon qilgan edi.

"Yahudiy posyolkalari tinchlikka halaqit berayotgani yo'q. Asossiz tanqidlar tinchlikka to'sqinlik qilmoqda", - deydi Isroil bosh vaziri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG